batchilar tovarlaridan farqlash maqsadida foydalaniluvchi nom,
belgi, simvol, rasm, atama yoki ulaming kombinatsiyasidir. Mar
ka
bozorda tovarni tanib olish, boshqa tovarlardan farqlash va
differensiatsiya qilish uchun xizmat qiladi. Marka o ‘z ichiga marka
nomi, marka belgisi va tovar belgisini kiritishi mumkin.
Marka nomi
bu markaning ovoz chiqarib o ‘ qish
mumkin
bo‘lgan so‘z, harf yoki ularning birikmasi hisoblanadi.
Marka nomi
bu markaning tanib olinadigan, lekin o'qilmaydi-
gan qismidir. U simvol yoki rasmdan iborat b o ‘lib, ajralib turuv-
chi rang va o'ziga xos shrift bilan bezaladi.
Tovar
belgisi marka yoki uning
huquqiy jihatdan himoyalan-
gan qismi bo‘lib, sotuvchiga marka nomi va marka belgisidan mut-
laq foydalanish huquqini beradi. Tovar belgisi markaning himo-
yasi,
reklamasi, individualligi va sifat kafolati vazifasini bajaradi.
Tovar qaysi marka ostida sotilishiga qarab ikki turga b o ‘linadi —
ishlab chiqaruvchi markasi
va
xususiy marka.
Ishlab chiqaruvchi markasi
bu ishlab chiqaruvchi tomonidan
yaratilgan yoki boshqa ishlab chiqaruvchidan
ijaraga olingan
markadir. Tovarni markalashtirishda ishlab chiqaruvchi quyidagi-
lardan foydalanishi mumkin: o ‘z mahsulotlarining har bir turi
uchun alohida
marka nomlarini tanlash; barcha mahsulotlar
uchun yagona marka nomini belgilash;
mahsulotlaming turli gu-
ruhlari uchun alohida marka nomlarini berish; ishlab chiqaruvchi
kompaniya nomini alohida mahsulotlar marka nomiga qo‘shib ish-
latish.
Do'stlaringiz bilan baham: