Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar dizayni
Bozor ко ‘rsatkichlarini
shakllantirish tovar dizayni, uning shakli, rangi, og‘irligi, o ‘ rovi, nomi va markasini ishlab chiqish tufayli amalga oshiriladi. Shakl, rang va sifat tovami xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sir ko'rsatishi mumkin b o ‘lgan omillar hisoblanadi. Tovar to‘g‘risidagi birinchi taassurot uning tashqi ko‘rinishi bi lan bog'liq bo'lib, uning sifati va funksional xususiyatlari baho- lanishidan ilgari yuzaga keladi. Tashqi ko‘rinish tovami sotib olish- ga undovchi motiv, muayyan bir tovarning potensial xaridorlari doirasini shakllantiruvchi kuch vazifasini bajaradi. Bu esa iste’mol tovarlaridan tashqari ishlab chiqarish-texnika tovarlari uchun ham xosdir. Tovar dizayni shunday vositaki, uning yordamida potensial xaridorlarga ta’sir ko‘ rsatish, ulami tovami sotib olishga undash va harakatlarini tezlashtirish mumkin. Shu bilan birga, tovami sotishda uning sifati ham katta rol o'ynaydi. Tovarning sifati bu — uning mazkur tovarga xos b o ‘ lgan (masalan, xizmat qilish muddati, iste’ mol qilinish, saqlanish va hokazo) xususiyatlari yig‘ indisidir. Tovar tayyorlangan material turi va rangi ham u yoki bu to vaming o ‘ziga xos xususiyatlari, ulaming bir-biridan farq qiluv chi variantlari va imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi. Tovar shakli tovami tanib olishga va xaridorda u to‘g‘risida ma’lum bir tasawur uyg‘ otishga ko‘ maklashadi. Texnik tovarlarning shaklini ishlab chiqish imkoniyatlari iste’mol tovarlari shaklini ishlab chiqishga qaraganda anchagina cheklangandir. Tovaming individualligini, uning boshqa tovarlar orasida ajra- lib turishi, o ‘ziga xos va takrorlanmasligini ta’minlash uchun to varga nom beriladi. Tovaming nomi ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlar va kommunikatsiya- 142 lami osonlashtiradi. K o‘pincha, ayniqsa, tovar nomi oson aytila- digan, tez esda qoladigan, ijobiy hislami uyg‘ otadigan va o ‘ ziga jalb qiladigan b o ‘lsa, u bozorda yangi tovarning muvaffaqiyatga erishishiga garov b o ‘ladi. Tovar uchun yangi nom izlab topish va tayyorlash jiddiy muammo, chunki tovar nomi faqat uni boshqa tovarlardan ajra- tish uchungina qo‘llanmaydi. Tovar nomi tovarning turini tavsif- lashi, xaridorda unga nisbatan ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘ otishi, reklama ta’siriga ega bo‘lishi va o'ziga xos bo‘ lishi lozim. Tovar uchun yangi nom topishda quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur: • izlanishning ijodiy usullaridan foydalanish; • biron-bir ma’lum nomni yangi nomga nisbatan huquqiy e’tirozlar qolmaguncha transformatsiya qilish (o ‘zgartirish); • yangi nomni raqobatchi tovar nomining aksi sifatida shakl lantirish; • biron-bir mashhur nomdan uni yangi tovar nomiga qo‘shib qo‘yish uchun foydalanish. Har bir muayyan holda, ayniqsa, iste’mol tovarlari nomini tanlashda quyidagi savollarga javob topish lozim. Tovar nomi nima ni ifodalashi lozim? Qaysi nomlami tanlovga qo‘yish mumkin? Ulardan qaysi biri yaxshi? Raqobatchilarning xuddi shunday o ‘xshash tovarining nomi qanday? Tovaringiz nomi raqobatchi tovar nomidan nimasi bilan farq qiladi? Yangi nomni iste’molchi faqat bitta tovar uchun qo'llaydimi yoki barcha tovarlar assorti- mentiga biriktirib qo‘yadimi? Tovarni oldindan attestatsiya qilish kerakmi? Tovarning nomi uning bozordagi ,,yuzini“ shakllantirish, to varning bozor atributikasi uchun asos b o ‘ lib xizmat qiladi. M a’lum bir nomdagi tovarni doimiy ravishda iste’mol qilish jarayonida xaridor bozorda mavjud bo‘ lgan ko‘p sonli tovarlar ichida uni osonlik bilan tanib oladi. Bunday tovardan muntazam foydalanish xaridor ongida ijobiy his-tuyg‘ulami uyg‘ otishga xiz mat qiladi. Bu reaksiya tovar ishlab chiqaruvchiga ortga qaytuvchi aloqa orqali yetkaziladi. Tovar nomini korxonaga biriktirib qo'yish va uning boshqa firmalar tomonidan foydalanishidan himoya qi lish maqsadida korxona rahbariyati bu nomni huquqiy ro‘yxatdan o'tkazishi zarur. Shu tariqa tovar nomi markirovka qilinadi va to var markasi vazifasini bajaradi. Download 5.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling