Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Bozor ко ‘rsatkichlarini
shakllantirish 
tovar dizayni,
uning 
shakli, rangi, og‘irligi, o ‘ rovi, nomi va markasini ishlab chiqish 
tufayli amalga oshiriladi.
Shakl, rang va sifat
tovami xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul 
qilishga ta’sir ko'rsatishi mumkin b o ‘lgan omillar hisoblanadi. 
Tovar to‘g‘risidagi birinchi taassurot uning tashqi ko‘rinishi bi­
lan bog'liq bo'lib, uning sifati va funksional xususiyatlari baho- 
lanishidan ilgari yuzaga keladi. Tashqi ko‘rinish tovami sotib olish- 
ga undovchi motiv, muayyan bir tovarning potensial xaridorlari 
doirasini shakllantiruvchi kuch vazifasini bajaradi. Bu esa iste’mol 
tovarlaridan tashqari ishlab chiqarish-texnika tovarlari uchun 
ham xosdir.
Tovar dizayni
shunday vositaki, uning yordamida potensial 
xaridorlarga ta’sir ko‘ rsatish, ulami tovami sotib olishga undash 
va harakatlarini tezlashtirish mumkin.
Shu bilan birga, tovami sotishda uning sifati ham katta rol 
o'ynaydi. Tovarning sifati bu — uning mazkur tovarga xos 
b o ‘ lgan (masalan, xizmat qilish muddati, iste’ mol qilinish, 
saqlanish va hokazo) xususiyatlari yig‘ indisidir.
Tovar tayyorlangan material turi va rangi ham u yoki bu to­
vaming o ‘ziga xos xususiyatlari, ulaming bir-biridan farq qiluv­
chi variantlari va imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.
Tovar shakli tovami tanib olishga va xaridorda u to‘g‘risida 
ma’lum bir tasawur uyg‘ otishga ko‘ maklashadi.
Texnik tovarlarning shaklini ishlab chiqish imkoniyatlari 
iste’mol tovarlari shaklini ishlab chiqishga qaraganda anchagina 
cheklangandir.
Tovaming individualligini, uning boshqa tovarlar orasida ajra- 
lib turishi, o ‘ziga xos va takrorlanmasligini ta’minlash uchun to­
varga nom beriladi. Tovaming nomi ishlab chiqaruvchi va 
iste’molchi o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlar va kommunikatsiya-
142


lami osonlashtiradi. K o‘pincha, ayniqsa, tovar nomi oson aytila- 
digan, tez esda qoladigan, ijobiy hislami uyg‘ otadigan va o ‘ ziga 
jalb qiladigan b o ‘lsa, u bozorda yangi tovarning muvaffaqiyatga 
erishishiga garov b o ‘ladi.
Tovar uchun yangi nom izlab topish va tayyorlash jiddiy 
muammo, chunki tovar nomi faqat uni boshqa tovarlardan ajra- 
tish uchungina qo‘llanmaydi. Tovar nomi tovarning turini tavsif- 
lashi, xaridorda unga nisbatan ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘ otishi, 
reklama ta’siriga ega bo‘lishi va o'ziga xos bo‘ lishi lozim.
Tovar uchun yangi nom topishda quyidagi tamoyillarga amal 
qilish zarur:
• izlanishning ijodiy usullaridan foydalanish;
• biron-bir ma’lum nomni yangi nomga nisbatan huquqiy 
e’tirozlar qolmaguncha transformatsiya qilish (o ‘zgartirish);
• yangi nomni raqobatchi tovar nomining aksi sifatida shakl­
lantirish;
• biron-bir mashhur nomdan uni yangi tovar nomiga qo‘shib 
qo‘yish uchun foydalanish.
Har bir muayyan holda, ayniqsa, iste’mol tovarlari nomini 
tanlashda quyidagi savollarga javob topish lozim. Tovar nomi nima­
ni ifodalashi lozim? Qaysi nomlami tanlovga qo‘yish mumkin? 
Ulardan qaysi biri yaxshi? Raqobatchilarning xuddi shunday 
o ‘xshash tovarining nomi qanday? Tovaringiz nomi raqobatchi 
tovar nomidan nimasi bilan farq qiladi? Yangi nomni iste’molchi 
faqat bitta tovar uchun qo'llaydimi yoki barcha tovarlar assorti- 
mentiga biriktirib qo‘yadimi? Tovarni oldindan attestatsiya qilish 
kerakmi?
Tovarning nomi uning bozordagi ,,yuzini“ shakllantirish, to­
varning bozor atributikasi uchun asos b o ‘ lib xizmat qiladi. 
M a’lum bir nomdagi tovarni doimiy ravishda iste’mol qilish 
jarayonida xaridor bozorda mavjud bo‘ lgan ko‘p sonli tovarlar 
ichida uni osonlik bilan tanib oladi. Bunday tovardan muntazam 
foydalanish xaridor ongida ijobiy his-tuyg‘ulami uyg‘ otishga xiz­
mat qiladi. Bu reaksiya tovar ishlab chiqaruvchiga ortga qaytuvchi 
aloqa orqali yetkaziladi. Tovar nomini korxonaga biriktirib qo'yish 
va uning boshqa firmalar tomonidan foydalanishidan himoya qi­
lish maqsadida korxona rahbariyati bu nomni huquqiy ro‘yxatdan 
o'tkazishi zarur. Shu tariqa tovar nomi markirovka qilinadi va to­
var markasi vazifasini bajaradi.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling