Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
Taqrizchilar:
iqtisod fanlari doktori, professor E. NABIYEV, iqtisod fanlari doktori, professor D. RAHIMOVA л 0605010205 - 9 0 Q -------------------------- Qat’iy buyurtma — 2004 353 (04) - 2004 ISBN 5—645—04178—X © ,,0 ‘qituvchi“ nashriyoti, 2004-y. KIRISH 0 ‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o ‘tishga asoslangan hozirgi siyosati korxonalar, firmalar va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilish, ularning ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlarini bozor talablariga moslashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida tartibga solishning bugungi bosqichida to ‘g‘ridan to ‘g‘ri tovar ishlab chiqaruvchi- larning ishlab chiqarish, sotish strategiyasini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda korxonaning faoliyati bozorni o ‘rganish, tadqiq qilish, ishlab chiqargan mahsulotining rekla- masini uyushtirish, tovami to iste’molchi qo‘liga yetib borgunga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarda qatnashishidan iborat bo‘ladi. Bozor sharoitida xaridorga bo‘lgan e’tibor katta ahamiyatga ega bo‘lib, marketing ustunlaridan biri hisoblanadi. Xaridorlarning ehtiyoj ini qondirish — marketing va bozor iqtisodiyotining o‘za- gidir. Marketing, bir tomondan, bozorni, talab, didlar va eh tiyojlarni mukammal va har taraflama o‘rganishni; ishlab chi qarishni shu talablarga yo'naltirishni; mahsulotlami aniq iste’- molga mo'Ijallangan holda ishlab chiqarishni; boshqa tomondan, bozorga mavjud talabni, ehtiyojlarni va iste’molchilar afzallikla- rining shakllanishiga faol ta’sir etishni ko‘zda tutadi. Har qanday firma iqtisodiyotda samarali harakat qilishi uchun o ‘z marketing strategiyasini tanlab olishi lozim. Bunda korxona ning imkoniyatlari bozor talabiga muvofiqlashtirilib, marketing strategiyasi bozorni tadqiq qilish va istiqbolni belgilash, tovar va iste’molchilami o‘rganish asosida ishlab chiqiladi. Firma tomonidan, eng avval qabul qilinadigan strategik qaror- lardan biri — raqobatli kurash olib bormoqchi bo‘lgan bozomi tanlab olishdir. Asosiy bozomi tanlash bozor ehtiyojlari va xulq- atvor yoki asos-daliliy tavsiflari o‘xshash bo‘lgan iste’molchi- lardan tashkil topgan tarkibiy qismlarga ajratishni ko‘zda tutadi. Bu tarkibiy qismlar firma uchun qulay marketing imkoniyat- larini vujudga keltiradi. 3 Bu o‘rinda segmentlash jarayoni firma uchun strategik ahami- yatga egadir, chunki uning natijasida firmaning faoliyat ko‘rsatish sohasi va tanlangan bozorlarda muvaffaqiyatga erishishning hal qi luvchi omillari aniqlanadi. Mamlakatimiz korxona va tashkilotlarining jahon bozorlarida o ‘z o‘rinlarini topishlarida xorijlik olimlar izlanishlarini, rivojlan gan kompaniyalar tajribalarini o‘rganish zarur bo‘ladi. Shulami hisobga olib, ushbu o‘quv qo‘llanmada J. J. Lamben, G. L. Bagiyev, Devid Krivens va boshqa xorijlik olimlaming turli davrlarda yaratgan asarlaridan foydalanildi va rivojlangan mam- lakatlar kompaniyalari tajribalari o ‘rganilib, mamlakatimiz kor xona va tashkilotlarida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan strategiyalar va ulami amalga oshirish yo‘llari berildi. Ushbu o‘quv qo'llanma chop etilgach, mamlakatimizda bo zor iqtisodiyotini shakllantirish, tadbirkorlikka keng yo‘l ochish, korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish, uni rivojlanti rish borasida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi, degan umid- damiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling