Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

1.4.2. Tashkiliy marketing
Tashkiliy marketing e’tiborni sotish konsepsiyasiga diqqatni 
jalb etadi. Bu davrda talab tez o‘sdi, ishlab chiqarish quwatlari 
yetarli bo‘ldi, sotish tizimi esa ko'pincha samarasiz va unumsiz 
edi.
Marketing boshqaruviga yangi yondashuvning bo‘lishiga iqti- 
sodiyotdagi quyidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ldi:
— ommaviy sotuv talablariga moslashmagan, odatdagi sotish 
tarmoqlarida unumdorlikning yuksalishiga imkon bergan yangi 
sotuv shakllarining, asosan, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shaklla- 
rining paydo bo‘lishi;
— bozorlar hududining kengayishi va buning natijasida ishlab 
chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi jismoniy va ruhiy ajralish, 
bu esa, o‘z navbatida, kommunikatsiyaning bevosita sotuvlar va, 
ayniqsa, ommaviy axborot vositalaridagi reklama kabi ko‘ri- 
nishlarga o‘tish zaruratini yuzaga keltirdi;
— tovar markalari sohasidagi siyosatning rivojlantirilishi, bu 
siyosat savdoda o ‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish talablaridan kelib 
chiqqan va firmalar tomonidan pirovard talabni boshqarish usuli 
sifatida foydalanilgan.
Marketingning bu bosqichidagi ustuvor maqsadi samarali ti­
jorat tashkilotini barpo etishdir. Marketingning roli tobora kam- 
roq darajada passiv bo‘lib bormoqda. Endilikda vazifa tayyorlangan 
tovarlar uchun bozorlami topish va savdoni tashkil qilishdan 
iborat bo‘lmoqda. Ko‘pchilik firmalar bu bosqichda tovaming 
asosiy yadrosini tashkil qiluvchi ehtiyojlarga va ko‘pchilik xaridor- 
laming ehtiyojlarini qondirishga ixtisoslashadilar. Shuning uchun 
bozorlar yaxshi segmentlanmagan, tovar siyosatiga oid strategik 
qarorlar qabul qilish esa ishlab chiqarish bo‘limining vakolatiga 
kiradi. Marketingning asosiy funksiyasi esa tovarlarning samarali
19


sotilishini tashkil qilish va tijoratlashtirish jarayoni tushunchasiga 
to‘g‘ri keladigan barcha vazifalarni bajarishdan iboratdir.
Tashkiliy tizimga kelsak, ustuvor yo‘nalishlarning bunday 
o'zgarishi sotish bo‘yicha direksiya yoki tijorat direksiyasining 
paydo bo‘lishiga olib keladi va funksiyalaming qayta taqsimlanishi 
kuzatiladi. Sotuvlar bo‘yicha direksiyaning vazifasi: savdo tar- 
mog‘ini shakllantirish, jismoniy sotish, reklama va o ‘tkazuvni 
tashkil qilishdir. Bu direksiya, shuningdek, bozorni tadqiq qilish 
dasturlari bilan shug‘ullanadi, bu dasturlar, masalan, xaridor- 
laming odatlarini, reklamaning samaradorligini, siyosatning sav­
do markalari va o ‘ramlari sohasidagi ta ’siri va boshqalami tahlil 
qilishda tobora kattaroq ahamiyat kasb eta boshlamoqda.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling