Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


- rasm. Korxona faoliyatida qaror qabul qilish sohalari


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

1.5- rasm. Korxona faoliyatida qaror qabul qilish sohalari.
Mamlakatimizda vujudga kelgan iqtisodiy, m a’naviy, ekologik 
vaziyatni hisobga oladigan b o ‘lsak, biz yurtimizni kelajakda 
farovon, xalqimizni to ‘q va sog'lom bo'lishini istasak, har qan­
day darajadagi marketing faoliyati faqat foyda va talabni qondirish 
emas, balki jamiyat va tabiatning sog‘ligini ham hisobga olish 
shart. Shunday ekan, ijtimoiy-axloqiy marketingni shakllanti- 
rishni tezlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o ‘ta borgan sari uni yuk- 
sakroq pog‘onaga ko‘tarib borish — mamlakatimizning hozirgi 
davri va kelajagi uchun obyektiv zaruratdir.


Savol va topshiriqlar
1. Marketingga ta’rif bering.
2. Marketingni rivojlanayotgan mamlakatlarda ham qo‘llash mumkin- 
mi?
3. Moliyaviy va kadrlar resurslari cheklangan kichik firmada strategik 
marketingni qanday amalga oshirish mumkin?
4. Firma va kompaniyalarda strategik va operatsion marketingning 
qo‘llanilish farqini tushuntirib bering.
5. Marketingning turlarini aytib bering.
6. Passiv marketing, faol marketing va tashkiliy marketinglarni farqi­
ni aytib bering
7. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyada marketingning roli ni- 
malardan iborat?
8. Marketingni rejalashtirish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
J f / j \
|
2- §. MARKETING VA EHTIYOJLARNING 
] ] 7 ч т 1
QONDIRILISHI
----- v----- 1 - 

----- — 
-------- 
-..................
2.1. Inson ehtiyojlari
Ehtiyoj tushunchasi shunday tushunchaki, uning ustida tin- 
imsiz bahs boradi, chunki unda ba’zan axloq yoki mafkuraga aso­
slangan subyektiv fikrlash elementlari mavjuddir.
Ehtiyoj biror narsani tanlashdan aw al uni his qilinishi taqozo 
qiladi. Buning m a’nosi shuki, mantiqan qaraganda, biror narsa­
ni afzal ko‘rish samarali tanlash jarayonidan awal yuz beradi. 
Agar shaxs tafakkur jihatdan yetuk va aqlli bo‘Isa, uning xulq- 
atvorini oldindan aytib berish mumkin bo‘ladi, chunki bu xulq- 
atvor oqilona fikrlashning natijasi bo‘ladi.
Ehtiyoj — individ shaxsning madaniy darajasiga, bog‘liq, 
spesifik shaklga kirgan muhtojlikdir. F. Kotler ehtiyojga, hayot 
sharoitlari bilan bog ‘liq bo ‘Igan va his qilinadigan qoniqmaslik 
holati “deb ta’rif bergan edi. Bu mohiyat jihatdan ehtiyojga beril­
gan ta ’rifdir. Insonlarning turmush tarzini belgilab beruvchi 
tendensiyalarning har biriga mos keladigan ehtiyojni tasaw ur 
qilish mumkin, bunda ushbu tendensiyalar soni cheklangandir. 
Shuning uchun ehtiyojni inson tabiati belgilaydi, uni jamiyat
24


yoki marketing vujudga keltirmaydi, u talab yuzaga kelishidan 
aw al ham yashirin yoki ifodalangan holatda mavjud bo'ladi 
deyish mumkin.
F. Kotler ehtiyojlar, istaklar va talab o‘rtasidagi tafovutlami 
o‘matadi. Istaklar chuqurroq ehtiyojlarni qondirishning maxsus 
vositalaridir. Ehtiyojlar barqaror va kam sonli bo'ladi, istaklar esa 
ko‘p bo‘lib, o‘zgarib turadi, ularga ijtimoiy kuchlar doim ta’sir 
qilib turadi. Istaklar sotib olish qobiliyati va xohishi bilan mus- 
tahkamlansa, maxsus tovarlarga bo‘lgan potensial talablarga ay- 
lanib boradi. F. Kotleming fikricha, marketing istak va talablarga 
ta’sir qilishga urinadi hamda tovarning o‘ziga jalb qiluvchi mezon 
bo'lishini ta ’minlaydi. Marketing ehtiyojlarni hosil qilmaydi; 
ehtiyoj marketing paydo bo‘lishidan aw al ham bor edi.
F. Kotler marketingni iste’molchining ijtimoiy maqomdagi 
ehtiyojini muayyan rusumdagi avtomobil qondirish to ‘g‘risida 
gapirib, marketing bu ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni hosil qil­
maydi, balki uni qondirish vositasini taklif qiladi deb ta’kidlagan.
Ehtiyoj, istak va talabni ko'pincha bir-biri bilan adashtirib 
yuborishadi, holbuki bu uch konsepsiya o‘rtasida jiddiy farqlar 
bor. Ammo marketingning ijtimoiy roli haqidagi bahsni yakun- 
lashga bu tafovutlarning o ‘zi kamlik qiladi. Ko‘rinib turibdiki, 
ehtiyojlar ilgaridan mavjud bo‘lsa-da, marketing ularga ta ’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Buning ustiga, xarid qilish qobiliyatining 
yetarli bo‘lmaganligi uchun talabga aylantirib bo‘lmaydigan istak- 
laming hosil bo‘lishi iqtisodiyotdagi uzilishlar va yemirilishlam- 
ing muhim manbayidir. Marketing aynan shu narsa uchun bev­
osita javobgardir va aynan shu narsa uni qo'llashda cheklashlar 
qo‘yish zarurligini izohlaydi. Ehtiyojlarni bir nechta turlarini 
ko'rsatish mumkin.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling