Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Yakka iste’molchining motivatsiyasi


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

2.2. Yakka iste’molchining motivatsiyasi
Iste’molchining xulq-atvori va motivatsiyaning tuzilishi yanada sin- 
chiklab tahlil qilinsa, iqtisodchilar ham, marketologlar ham, ani- 
qlashga urinayotgan talab va taklif o‘rtasidagi aloqani yaxshiroq anglab 
olish mumkin bo‘lar edi. Eksperimental psixologiyaning bu soha- 
dagi yutuqlari ko‘p narsaga aniqlik kiritmoqda, hamda turli individ- 
laming xulq-atvorini belgilab beruvchi motivatsion yo‘nalishlaming 
butun boshli spektrini ochib berishga yordam bermoqda.
,£timul-reaksiya “ nazariyasi. Motivatsiyaning markaziy vazi­
fasi — organizmning nima sababdan faol holatga o‘tishini tadqiq
27


etishdir. Shunday qilib, motivatsiya energiyaning safarbar qili- 
nishidir. Experimental psixologiya dastlab, asosan, ochlik, tash- 
nalik va shu kabi fiziologik, tabiiy ehtiyojlar va urinishlarni 
o‘rganar edi. Biz ко‘rib chiqayotgan „stimul (S) — reaksiya (R)“ 
(yoki ,,S-R“) nazariyasiga ko‘ra, stimulga organizm reaksiyasi- 
ning boshlanishi deb qaraladi.
Ammo kuzatishlarimizga qaraganda, organizm m uhit ta ’- 
siridagi stimulga har doim ham javob beravermas ekan. Bundan 
tashqari, ko‘pincha muvozanatni buzuvchi va ,,S-R“ nazariyasi 
bo‘yicha izohlash qiyin bo‘lgan holatni yuzaga keltiruvchi faoliyat 
bilan shug‘ullanayotgan individlami uchratish mumkin.
Faollashish konsepsiyasi. Bugungi kunda motivatsiya nazariyot- 
chilari xulq-atvomi yangichasiga izohlashga urinmoqdalar, chun­
ki neyrofiziologlar miya faoliyati to ‘g‘risidagi bilimlami ancha 
kengaytirishga muvaffaq bo‘ldilar. Masalan, Xebb reaksion qobili- 
yatga emas, balki asab tizimining tabiiy faoliyatiga asoslangan 
gipotezani ilgari surdi.Awal mavjud bo‘lgan qarashlarga teskari 
ravishda, faoliyatni t a ’m inlash uchun miyani tashqaridan 
qo‘zg‘atish shart emas. Miya fiziologik jihatdan inert (sust) emas, 
uning tabiiy faoliyati esa o ‘z -o ‘zini motivatsiyalash tizimini 
shakllantiradi, deb ta’kidlanadi.
Rag‘batlantirishga bo‘lgan ehtiyoj. Bu sohada Berlaynning 
tajribaga asoslangan asarlari qiziqish uyg‘otishi mumkin. Berlayn­
ning ta ’kidlashicha, yangilik (ya’ni, qandaydir ajoyib, ilgari 
bo‘lgan yoki bugungi kunda kutilayotganidan farq qiluvchi nar- 
sa) e’tiborini tortadi va rag‘batlantiruvchi ta’sirga ega bo‘ladi.
„Yangilik, ayniqsa, и hayron qoldirsa, o ‘zgartirib yuborsa, 
noaniqlik, betartiblik, tarqoqlik hamda kutilayotgan holat bilan 
yuz berayotgan holat o ‘rtasida farq hosil qilsa, rag‘batlantiradi va 
quvontiradi".
Kutilmaganda yangi hodisaning sodir bo'lishi dinamik ta ’sirga 
ega bo‘lib, shunga mos xatti-harakatlarga sabab bo‘ladi. Ammo 
yangi va ajoyib narsaning faqat m a’lum darajagacha jalb qiluvchan 
bo‘lishini, shundan so‘ng uning yoqimsiz va qo‘rqinchli bo‘lib 
qolishini ham aytib o‘tish lozim. Jalb qiluvchanlik awaliga kucha- 
yib boradi, so‘ngra yangilik darajasiga mos ravishda susayib ketadi. 
Bu nisbat teskari U-shaklidagi egri chiziq ko‘rinishida ifodalani- 
shi mumkin. 2 .1-rasm da ko‘rsatilgan bu egri chiziq Vundt 
(Wundt) egri chizig‘i nomi bilan ham mashhurdir. Yetarlicha 
yangi va ajoyib bo‘lmagan narsa zerikarli bo‘ladi, haddan tashqari
28


yangi narsa kishini cho'chitadi. Yangilikning o‘rtacha darajada 
bo‘lgani m a’quldir.
Tovarlarning qiyosiy xarakteristikalari tufayli vujudga kelgan 
rag'batlantirish, tovarlar siyosatini ishlab chiqish, segmentlash 
va pozitsiyalash, kommunikatsiya va ilgari surish kabi katta qismi, 
bu kutilayotgan ehtiyojlaming qondirilishiga qaratilgandir. Yax- 
shimi, yomonmi, har qalay tovarlar asab sistemasiga stimullar 
sifatida ta ’sir qiladi va bu o'yinchoqlaming bolalarga ko‘rsatadigan 
ta ’sirini eslatadi. M a’lum bir o'yinchoqlaming yo‘qligi bolaning 
aqliy rivojlanishida turg‘unlikka olib keladi. Shunga o‘xshash, 
iste’mol jamiyati beradigan stimullardan mahrum bo‘lgan katta 
yoshdagi kishi ham zerikish, diqqinafaslik va yolg‘izlikdan iztirob 
chekadi.
,До ‘pchilik yangi mashina sotib olganda о ‘zini yoshroq his qi­
ladi va o ‘z mashinasining eskirishini o ‘zining yoshiga bog‘liqdek 
his qiladi. Shu tariqa, mashina sotib olish jismoniy yangilanish 
o ‘miga ramziy o ‘lchov kasb etadi “.
Binobarin, organizm havo va oziqqa muhtoj b o ‘lganidek, 
stimullar va turli hissiyotlaming doimiy oqimiga ham muhtojdir. 
Insonlar ehtiyojlarga ehtiyoj sezadilar. Bu asosiy motivatsiya tang- 
likni yumshatish motivatsiyasi bilan bir qatorda, inson xulq- 
atvorining butun rang-barangligini izohlaydi, bu esa iqtisodchi- 
laming qarashlariga kuchli putur yetkazadi. „Yangilikni qidirish “ 
nazariyasi o‘z turmush tarziga o ‘zgarish va yangilik olib kirayot- 
gan iste’molchilaming xulq-atvorini izohlaydi.
Iste ’molchilar farovonligining determinantlari. Eksperimental 
psixologiyaning inson motivatsiyasini o‘rganishga qo‘shgan asosiy
29


hissasini sharhlash, oxir-oqibatda, ehtiyoj tushunchasini yanada 
kengroq tushunishga olib keladi. Biz iqtisodchilaming qarashl4ri- 
dan boshladik, ular uchun ehtiyoj, asosan, xaridorlarning xulq- 
atvorida aks etuvchi „yetishmaslik holati“ bo‘lib, bu holat tanqis- 
likning zamirida yotuvchi motivatsiya tabiatini hech qanday 
izohlamaydi. Motivatsiya nazariyasining yo‘qligi iqtisodchilami 
ulaming dastlabki taxminlaridek qiymatga ega bo‘lgan va haqiqatda 
kuzatilayotgan xulq-atvorga jiddiy aloqasi bo‘lmagan me’yoriy 
tavsiyalami ifodalashga olib keladi.
Psixologlaming tadqiqotlari motivatsiyaning umumiy yo‘na- 
lishlarini belgilashga imkon beradi, bu yo‘nalishlar shaxsning 
umumiy farovonligini izohlashga imkon beruvchi omillar bo‘lib, 
ular xulq-atvorlaming butun boshli yig‘indisini izohlay oladi. Bu 
determinantlami uch guruhga bo‘lish mumkin: komfort, lazzat- 
lanish va rag‘batlantirish. 2.2- rasmda, bir tomondan, uch deter- 
minantlar o ‘rtasidagi munosabatlarning diagrammalari, ikkinchi 
tom ondan, ulaming shaxsning farovonligiga bog‘liqligi grafigi 
tasvirlangan.
30

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling