Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Segmentlash  mezonlarini o'matish


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Segmentlash 
mezonlarini o'matish
Aniq segmentlash 
strategiyasi
Segmentlami
aniqlash
3.1-rasm. Bozorni segmentlash bosqichlari.
segmentlami aniqlash;
• aniq segmentlash strategiyasi;
• segmentlaming strategik tahlili.
Segmentlashning asosiy maqsadi — bozordagi harakatlarni 
o ‘rganib, ularning modelini va kelajakdagi talab ehtiyojlarini 
tasaw ur qilishdan iborat. Hozirgi raqobatda yutib chiqishning 
asosiy sharti, yangi yuqori sifatli tovar va kompleks servis texnika 
xizmatlarini hamda samarali sotish usullarini qo‘llashdan iborat 
bo‘lib qoldi. Ana shu talablar asosida marketing strategiyasining 
ustuvor turi iste’molchilami o'rganish, o‘z navbatida, bozorni 
segmentlashdan boshlanadi, chunki bozor bir xil sub’ektlardan 
tashkil topgan emas. Asosiy bozomi bunday bo‘laklarga ajratish, 
odatda, ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bu ikki bosqich esa bo­
zomi boMishning ikki turli xil darajasiga to ‘g‘ri keladi.
Makrosegmentlash deb ataluvchi birinchi bosqichning vazifa­
si „tovar bozorlari“ni aniqlashdan iborat bo‘lib, mikrosegment- 
lash deb ataluvchi ikkinchi bosqichda esa ilgari aniqlangan har 
bir bozor ichida iste’molchilaming ,,segmentlarini“ ajratib olish 
maqsad qilib olinadi. Asosiy bozomi bunday chizmasini tuzib ol- 
gach, firma har bir tovar bozori yoki segmentning jalb qiluv- 
chanligini va o'zining raqobatbardoshligini baholay boshlaydi.
M akrosegmentatsiyada bozorlam i hududlar, m am lakatlar 
bo‘yicha ulaming sanoatlashuviga qarab bo‘lish nazarda tutiladi. 
Ko‘pchilik bozorlarda barcha mijozlarni birgina tovar yoki xizmat
43


yordamida qanoatlantirish amalda mumkin emas. Turli iste’- 
molchilarning istaklari va qiziqishlari xilma-xil bo‘ladi. Bu xilma- 
xillik xaridorlaming odatlari va ehtiyojlarida asosiy tafovutlarning, 
taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan, ular qidiradigan man- 
faatlaming bir xil emasligidan kelib chiqadi. Industrial jamiyat- 
larda xaridorlar ko‘proq ,,o‘rtacha“ xaridorga m o‘ljallangan to­
varlar bilan qanoatlanishga moyil bo‘ladilar. Ular o‘zlarining 
maxsus muammolariga moslashtirilgan yechimlami qidiradilar. 
Firmalar istiqbolda kutilayotgan bunday o‘zgarishlar tufayli om ­
maviy marketing strategiyasini tashlab, qat’iy yo‘naltirilgan stra- 
tegiyalar tomoniga o'tishga majbur bo'ladilar. Iste’molchilaming 
maqsadli guruhlarini aniqlash aynan segmentlash jarayonining 
o ‘zi bo'lib, u asosiy bozorni talablar va xaridorlaming odatlari 
jihatidan bir jinsli bo'lgan qismlarga ajratadi. Segmentlash jarayo­
ni firma uchun strategik ahamiyatga egadir, chunki uning natija­
sida firmaning faoliyat ko'rsatish sohasi va tanlangan bozorlarda 
muvaffaqiyatga erishishning hal qiluvchi omillari aniqlanadi. Bo­
zorni segmentlarga ajratish — firma ega bo‘lishi kerak bo‘lgan eng 
asosiy qobiliyatlardan biridir.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling