Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

buyurtmachilari bilan ish ko‘radi. Firma faol marketingdan foyda- 
langanda bevosita mijozlarning, oraliq (vositachi) mijozlaming va 
zanjir oxiridagi pirovard talabni ifodalovchi buyurtmachilarning 
talabini hisobga olishi lozim.
Xarid markazining tarkibi va roli. Sanoat firmasida xaridga oid 
eng muhim qarorlar, odatda, xarid guruhi yoki xarid markazi 
deb ataladigan kishilar guruhi tomonidan qabul qilinadi. Xarid 
markazi xarid vazifalaridan ko‘zlangan maqsadlami amalga Oshirish
39


uchun harakat qiladigan kishilardan tarkib topadi. Xarid marka- 
zining tarkibi qabul qilinayotgan qarorlaming muhimligiga qarab 
o ‘zgarib turadi va bir yoki bir necha kishi bajaradigan beshta vazi- 
fani o‘z ichiga oladi.
Xaridor — rasmiy huquqqa ega bo‘lib, muqobil savdo marka- 
lari va yetkazib beruvchilami tanlash uchun javobgardir, shu­
ningdek, u xarid shartlarini aniqlash va kontraktlar bo‘yicha mu- 
zokaralar o'tkazish uchun ham m as’uldir. Odatda, bunday 
funksiyalami ta ’minot menejeri bajaradi.
Foydalanuvchi — tovardan foydalanuvchi, masalan, ishlab 
chiqarish muhandisi yoki axborot xizmati ko‘rsatish bo‘yicha 
mas’ul shaxsdir. Odatda, foydalanuvchilar xarid qilinadigan to- 
varlami baholashda eng yaxshi imkoniyatlarga egadirlar.
Nufuzli shaxs tovarlarni tavsiya qiladi, texnik talablami va tan­
lash mezonlarini belgilaydi. Bu toifaga tadqiqotchi-muhandislar, 
konstruktorlar, ekspert va maslahatchilami kiritish mumkin.
Mahsulotlami tanlashda yakuniy huquq va mas’uliyatlar qaror 
qabul qiluvchi shaxs zimmasiga yuklanadi. Muhim xaridlarda bu 
fimksiyani firma rahbariyati amalga oshiradi.
• 
,,DarvozabonIar“ — guruhning axborot oqimlarini sara- 
lovchi va xarid jarayoniga bilvosita ta’sir ko‘rsata oluvchi a’zo- 
laridir.
Xarid markazining tarkibi xarid bosqichiga va qabul qilinayot­
gan qarorlaming murakkabligi va mavhumligiga qarab o ‘zgarib 
turadi (2.1-jadvalga qarang). Bunda uch xil vaziyatni ko'rsatish 
mumkin:
— yangi vazifa. Buyurtmachi tashkilot uchun yangi tovarlar 
sinfiga mansub yangi tovarni xarid qilish;
— takroriy xaridning o ‘zgarishi. Muammo va tovar m a’lum, 
ammo xarid vaziyatining ba’zi elementlari o‘zgargan;
— takroriy xarid. Firma foydalanishda m a’lum bir tajribaga ega 
bo'lgan, hech qanday o‘zgarishlarga uchramagan, m a’lum to- 
vami xarid qilish.
Dastlabki ikki holda xarid markazining funksiyalari to ‘liq 
amalga oshiriladi. 0 ‘z-o‘zidan ravshanki, yetkazib beruvchi xarid 
jarayonining barcha ishtirokchilarini aniqlab olish muhimdir, 
chunki u kommunikatsiya siyosatining maqsadlarini belgilab oli- 
shi lozim. Shuningdek, ushbu ishtirokchilaming o ‘zaro qanday 
munosabatda bo‘lishini va ulaming motivatsiyasi qanday ekan- 
ligini aniqlash ham muhimdir.
40



Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling