Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Ehtiyojlarning funksiyasi
„Nima?“ qondirilmoqda?
Iste’molchilar guruhi
,,Kim?“ qoniqish hosil qilmoqda?
Texnologiyalar
Ehtiyojlar 
„qanday?1^ 
qondirilmoqda?^
3.2- rasm. Asosiy bozorning mezonlari.
Funksiyalar yoki funksiyalaming kombinatsiyalari. Bu yerda gap 
tovar yoki xizmat bilan qondirish kerak bo‘lgan ehtiyojlar haqida 
bormoqda. Bunday funksiyalarga uylaming ichki jihozlanishini, 
xalqaro yuk tashishni, tomning suv o ‘tkazmasligini, zangdan 
himoyalash, tishlami tozalash, chuqur va yuza burg‘ulash, tibbiy 
diagnostika va shu kabilami misol qilib keltirish mumkin.
Funksiyalami shu funksiya bajariladigan usullar (ya’ni texno­
logiyalar) bilan adashtirib yubormaslik kerak. „Funksiyalar" va 
„foydalar“ o'rtasidagi farq, ayniqsa, tor sohadagi funksiyalar yoki 
ulaming kombinatsiyalarida har doim ham aniq ko‘rinib turaver- 
maydi. Masalan, tishlami tozalash va ularni turli kasalliklardan 
himoyalash, qazg‘oqqa qarshi shampunlar va hokazo. Demak, 
funksiyalarga iste’molchilaming turli guruhlari qidirayotgan foy- 
dalar to ‘plami sifatida ham ta’rif berish mumkin.
Iste ’molchilar guruhlari. Potensial iste’molchilarning turli gu- 
ruhlarini ajratishda eng ko‘p qo'llaniladigan mezonlar quyida- 
gilardan iborat: oila yoki tashkilot, ijtimoiy-iqtisodiy sinf, ge- 
ografik hudud, faoliyat turi, firmaning moliyaviy imkoniyatlari, 
texnologik saviya, pirovard mahsulotlaming ishlab chiqaruvchisi 
yoki iste’molchisi, xarid markazi va hokazo.
Makrosegmentlashda, ayniqsa, sanoat tovarlari haqida gap 
ketganda, faqat umumiy xarakteristikalar hisobga olinadi. Iste’mol 
tovarlari uchun ko‘pincha yosh guruhlari, qidirilayotgan foydalar, 
xulq-atvor yoki turmush tarzi kabi torroq mezonlar talab qilinadi. 
Ularni aniqlash esa mikrosegmentlashning vazifasidir.
Texnologiyalar. Bu yerda xilma-xil funksiyalaming bajarilishini 
ta ’minlovchi ,,nou-xau“ shaklidagi turli texnologiyalar ko‘rib
46


chiqiladi. Masalan, uy-joylarning shinamlik funksiyasi uchun 
bo'yoqlar yoki gulqog‘ozlar, tovarlarni xalqaro tashishlar uchun 
avtomobil, havo, tem ir yoki dengiz yoMlari, tom lam ing suv 
o'tkazmaslik uchun bitum yoki plastmassa plyonkalar, tibbiy di- 
agnostika funksiyasi uchun rentgen nurlari, ultratovush va kom- 
pyuter tomografiyasi va hokazolar.
Yuqorida aytib o ‘tilganidek, texnologik mezonlar dinamik 
bo‘lib, mukammalroq texnologiyalar vaqt o‘tishi bilan hozirgi 
ilg‘or texnologiyalaming o‘m ini egallaydi. Buni tibbiy diagnos- 
tikada yadro m agnit rezonansi, axborot uzatishda elektron 
pochta, teletaypga nisbatan esa faks misolida ko‘rish mumkin.
Asosiy bozorning tuzilishi. Bayon etilgan yondashuvdan foyda- 
langan holda, biz uch xil strukturani — „tovar bozori“ , „bo- 
zor“ va „sanoat tarmog‘i“ni farqlay olamiz.
Tovar bozori — iste’molchilar guruhi va muayyan texnologiya- 
ga asoslagan funksiyalar majmuasining kesishmasida joylashgan.
Bozor— iste’molchilarning bir guruhi va bir funksiyani ba- 
jarish uchun m o‘ljallangan texnologiyalar majmuini qamrab 
oladi.
Sanoat tarmog 7 — texnologiya bilan (u bilan bog'liq funksiya­
lar yoki iste’molchilar guruhidan qat’iy nazar) belgilanadi.
Bundan asosiy bozorga berish mumkin bo‘lgan va har biri 
o‘zining afzal tomonlari va kamchiliklariga ega bo'lgan uch xil 
ta’rif kelib chiqadi.
„Sanoat tarmog‘i“ tushunchasi eng an’anaviy tushuncha bo‘l- 
sa kerak. Ayni paytda, u biz uchun eng kam darajada to ‘g‘ri kela­
di, chunki u bozor talabiga emas, taklifga yo£naltirilgan. Shu bilan 
birga, ko‘rinib turibdiki, u bir-biri bilan m utlaqo bog‘liq 
bo‘lmagan xilma-xil funksiyalar va iste’molchilar guruhlarini 
qamrab olishi mumkin.
Masalan, uy jihozlari tarmog‘i, qisqa to ‘lqinli pechlar va daz- 
mollar, ya’ni xaridorlar xulq-atvori tavsifnomalari va o‘sish salo- 
hiyati nuqtayi nazaridan qaraganda, mutlaqo turlicha bo‘lgan 
ikki tovarni o‘z ichiga olishi kerak.
Binobarin, bu tushuncha, ko‘rib chiqilayotgan funksiyalar va 
iste’molchilar guruhi faqat yuqori darajada bir jinsli bo‘lgan 
taqdirdagina qiymatga egadir. Shuni qayd qilib o‘tish lozimki, 
amaliyotda tarmoq konsepsiyasiga murojaat qilinishi muqarrardir, 
chunki sanoat va xalqaro savdo sohasidagi statistik ma’lumot- 
laming ko‘pchiligi aynan shu mezonga asoslangan.
47


,,Bozor“ tushunchasi asliy ehtiyoj konsepsiyasiga juda yaqin- 
dir va shu yo‘l bilan bir funksiya uchun mo‘ljallangan turli tex- 
nologiyalarning bir-birining o‘m ini bosa olishini ta’kidlaydi. Tex­
nologik innovatsiya bozorning mavjud chegaralarini mutlaqo 
o'zgartirib yuborishi mumkin. Asosiy bozorning bunday ta ’rifla- 
nishi o‘rinbosar texnologiyalami kuzatib borishni yengillashtira­
di. Bu yerda asosiy qiyinchilik shundaki, nazorat qilinishi kerak 
bo'lgan texnologiyalar g‘oyatda xilma-xil bo‘lishi va, ayni payt­
da, bir-biridan juda uzoq bo‘lishi mumkin.
Yana sanoat binolari va uy-joylarning ichki bezaklariga 
qaytamiz. Bu yerda gulqog‘ozlar, bo'yoqlar va devoriy matolar 
muqobil texnologiyalardir. Gap bir xil funksiyani bajaruvchi, 
ammo bir-biridan mutlaqo farq qiluvchi tarmoqlar to ‘g‘risida 
bormoqda.
,,Bozor“ tushunchasiga murojaat qilish strategik tahlilning 
yo‘nalishini aniqlash, hamda tadqiqot ishlanmalaming yo‘nalish- 
larini tanlashda ayniqsa muhimdir.
„Tovar bozori“ tushunchasi eng katta marketing yo‘nalishiga 
egadir. U, „strategik biznes-birlik“ tushunchasiga mos keladi 
hamda talab va taklifning aniq ekanligiga juda yaqin darajada javob 
beradi. Bozoming bu ta’rifidan avtomatik ravishda firmaning o‘z 
strategik xatti-harakatlaridagi to ‘rt hal qiluvchi elementi kelib 
chiqadi:
— ehtiyojlarini qoniqtirish kerak bo'lgan xaridorlar;
— bu xaridorlar qidirayotgan foydalar to ‘plami;
— yengib o ‘tish kerak bo‘lgan raqobatchilar;
— sotib olish va o'zlashtirish kerak bo‘lgan resurslar.
Asosiy bozorning shu tarzda tovar bozorlariga ajratilishi bozor­
lami tanlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish va tegishli tashkiliy 
struktura uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu tushuncha bilan 
bog‘liq bo‘lgan qiyinchilik ko‘pincha tegishli bozoming kattalik- 
larini o ‘lchash muammosidan iborat bo'ladi: rasmiy statistik 
ma’lumotlar bozorlarga emas, tarmoqlarga asoslanadi.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling