gan ,,markasiz“ tovarlarni chiqarish mumkin.
Xulq-atvorga ko‘ra segmentlash, sanoat bozorlari uchun katta
ahamiyatga egadir. Uning vazifasi — yaqinlashish strategiyasini
xarid haqida qaror qabul qiluvchi markazning strukturasi va fao
liyat xususiyatlarini hisobga olgan holda sanoat mijoziga moslash-
tirishdan iboratdir.
Masalan, ba’zi korxonalarda xaridlar jarayoni qat’iy markaz-
lashtirilgan bo‘lib, u yerda qarorlar qabul qilishning talabchan
qoidalari amal qiladi, ba’zi joylarda esa, aksincha, xaridlar mar-
kazlashmagan, shu sababli, mijoz bilan muomala tarzi mayda fir
malar bilan ishlashga mumkin qadar yaqin bo'lishi kerak.
Shuningdek, markaz ishlarining quyidagi tavsifnomalari ham
muhimdir: turli a’zolarning motivatsiyasi, taqdim etilgan turli
funksiyalar o ‘rtasida vakolatlarni taqsimlash, rasmiylashtirish
darajasi va qarorlar qabul qilish jarayonining muddati va bosh
qalar. Ko'rsatib o ‘tilgan xulq-atvor tavsifnomalarini bevosita ku-
zatish har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Shuning uchun
ularni aniqlash, ko‘pincha, qiyin bo‘ladi. Shunga qaramay, yuqo-
rida aytib o ‘tilganidek, bu tushunchalar savdo xodimlarining
o ‘zlashtirib olishi uchun juda muhimdir.
3.3. Segmentlash strategiyasini amalga oshirish
Segmentlash jarayonining muhim bosqichi bo‘lib bozomi
maqsadli segmentini tanlash hisoblanadi.
Maqsadli segmentni tanlash muammosi yetarli darajada mu-
rakkab bo‘lib, uni yechish uchun quyidagi ketma- ketlikka amal
qilishni tavsiya etiladi:
— segment o ‘lchamini va uni o ‘zgarish (o‘sishi, kamayishi)
tezligini o ‘matish;
— segmentni jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish;
— o ‘zlashtirayotgan segment maqsadini va tashkilot resursla-
Do'stlaringiz bilan baham: |