Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

4 — Strategik marketing
49


Ushbu uch sektordagi ishlab chiqarish talablari bir-biridan kes- 
kin farq qilsa-da, m evalarni qayta ishlash sektorida faollik 
ko‘rsatayotgan firmalarning birortasi oraliq sektorlarda sanoat 
korxonalariga ega emas.
Agar asosiy bozor turli texnologiyalarni ham o ‘z ichiga olsa, 
bozorni qamrab olish strategiyasiga ,,texnologiyani“ o ‘lchash 
ham kiradi, masalan, tibbiy diagnostika bozorida „Jeneral elek- 
trik“ (General Electric) firmasi mavjud texnologiyalarning bir 
necha xiliga egadir.
Turli raqobatchilar o‘z asosiy bozorlarini har bir sektorda bir 
xilda aniqlamasligi mumkin. Biror-bir tovarga ixtisoslashgan firma 
ayni shu tovarga qiziqadigan mijozlarning ma’lum bir toifasiga 
ixtisoslashgan raqobatchiga duch kelishi mumkin. Birinchi raqo­
batchi o'zining ishlab chiqarish hajmini hisobga olgan holda ik­
kinchi raqobatchiga nisbatan harakatlarda ustunlikka ega bo‘lishi 
mumkin, ayni paytda, ikkinchi raqobatchi savdo-sotiq va mijoz- 
larga xizmat ko‘rsatish sohasida samaraliroq ishlashi mumkin.
Asosiy bozorning evolutsiyasida texnik taraqqiyotning bosimi 
ostida va iste’mol odatlarining o‘zgarib turishi natijasida, yuqori- 
dagidek, ta ’riflangan tovar bozorlari barqaror bo‘la olmaydi, bi- 
roq quyidagicha uch toifaga ajratish mumkin bo‘lgan yo‘na- 
lishlarda rivojlanish davom etadi.
Iste’molchilarning yangi guruhlarini qo‘shib olish hisobiga 
kengayishda tovar asta-sekin iste’molchilaming yangi-yangi gu­
ruhlarini o‘ziga jalb qilib boradi, bozorni qamrab olish darajasi 
ortib boradi. Masalan, shaxsiy kompyuterlar o‘rta ta ’lim sohasiga 
tobora kirib bormoqda.
Yangi funksiyalar hisobiga kengayishda esa, yangi tovarlarning 
paydo bo‘lishi ilgari turlicha bo‘lgan funksiyalarni birlashtirmoq- 
da, masalan, hozirgi telefonlar faks, nusxa ko‘chirish qurilmasi 
va avtomat javob beruvchi funksiyalarni o‘zida mujassamlashti- 
radi.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling