Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Yangi segmentlami qidirish. Makrosegmentlashning bayon 
qilingan tahlili, ayni paytda, yangi potensial segmentlami topish 
imkoniyatini beradi. Bu maqsadda quyidagi savollarga javob 
topish foydalidir:
— talab qilinayotgan funksiyalarni bajarish uchun boshqa 
texnologiyalar mavjudmi?
— takomillashtirilgan tovar qo‘shimcha funksiyalarni bajara 
oladimi?
48


— o‘xshash ehtiyojlar yoki funksiyalarga ega bo‘lgan boshqa 
xaridorlar guruhlari bormi?
— ba’zi xaridorlarning ehtiyojlarini funksiyalar sonini ka- 
maytirgan holda (masalan, mos ravishda, narxlami pasaytirib) 
yaxshiroq qondirish mumkinmi?
— funksiyalar, tovarlar yoki xizmatlarni bir butun, yaxlit 
holda sotishga yaroqli (qisqartirilgan yoki kengaytirilgan) yangi 
to ‘plamlari bormi?
Yangi segmentlash usulining topilishi firmaga o ‘z raqiblari ol- 
dida kuchli raqobatli ustunlik keltirishi mumkin.
Asosiy bozorni qamrab olish strategiyasi. Bozomi qamrab 
olish strategiyasi har bir segmentga nisbatan jalb qiluvchanlik, 
raqobatbardoshlikni tahlil qilish asosida tanlanadi. Firma bozorni 
qamrab olishning turli strategiyalarini ко‘rib chiqishi mumkin.
Konsentratsiya yoki fokuslanish strategiyasi: firma tovar bo­
zori, funksiya yoki iste’molchilar guruhiga nisbatan o ‘z faoliyat 
sohasini tor darajada belgilaydi. Bu — bozorda, aniq belgilangan 
sohada, yuqori ulushni egallashga intilayotgan mutaxassisning 
strategiyasidir.
Funksional mutaxassisning strategiyasi: firma bir funksiyada ix- 
tisoslashishni afzal ko‘radi, biroq shu funksiyaga, masalan, sa­
noat tovarlarini omborlarga joylashtirish funksiyasiga qiziqqan 
barcha iste’molchilar guruhlariga xizmat ko‘rsatadi.
Mijoz bo‘yicha ixtisoslashish strategiyasi: firma mijozlarning 
m a’lum bir toifasiga (kasalxonalar, mehmonxonalar) ixtisos- 
lashishini, o ‘z mijozlariga keng assortimentli tovarlarni, qo‘- 
shimcha yoki o‘zaro bog‘liq funksiyalarni bajaradig^n asbob- 
uskunalar majmualarini taklif qiladi.
Selektiv ixtisoslashish strategiyasi: bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan 
turli bozorlarga, turli xil tovarlarni chiqarish; bu diversifikatsiya- 
lashga qaratilgan strategiyadir.
To‘liq qamrab olish strategiyasi: iste’molchilaming barcha gu- 
ruhlarini qoniqtiradigan to‘liq assortimenti taklif qilinadi.
Ko‘pchilik hollarda, bozomi qamrab olish strategiyalari faqat 
ikki jihatdan: funksiyalar va iste’molchilar guruhi jihatidan ifo- 
dalanishi mumkin, chunki, odatda, firma muqobil texnologiya­
lar mavjud bo‘lsa ham, faqat m a’lum bir texnologiyagagina ega 
bo'ladb
Quyidagi misolni ko‘rib chiqaylik. M a’lumki, shinni (jem) 
eritilgan pishloq va shokolad pastasi bilan bevosita raqobatdadir.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling