Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.2. Strategik marketing Strategik marketing
> 2 >> о s 10 1. 2- ra sm . M ar k et in gn in g fir m a op er at si ya la ri d ag i ro li . Operatsion marketing — marketingning eng ko‘zga ko‘rinarli jihatidir, bunga asosiy sabab shuki, reklama va tovarlarni siljitish faoliyatining roli g‘oyatda muhimdir. Ba’zi firmalar — masalan, banklar marketingga reklama orqali kirib kelganlar. Boshqa firma lar, masalan, sanoat tovarlari ishlab chiqaruvchilarning ko‘p- chiligi esa aksincha, marketingni reklama bilan uzviy bog‘liq deb tushunib, uzoq vaqtgacha marketing bizning biznesga to ‘g‘ri kel- maydi, deb hisoblab keldilar. Demak, marketing — bu firmaning tijorat dastagi bo‘lib, usiz hatto eng yaxshi strategik reja ham yaxshi natijalarga olib kela ol- maydi. Ammo ko‘rinib turibdiki, yetarlicha katta strategik bazasiz, mutlaqo rentabelli operatsion marketing ham bo‘lishi mumkin emas. Fikrsiz dinamizm — asossiz tavakkaldir, xolos. Operatsion marketing rejasi har qancha kuchli boim asin, u ehtiyoj yo‘q bo‘lgan joyda talabni yuzaga keltira olmaydi va yo‘qolib ketishi muqarrar bo‘lgan faoliyat yo‘nalishini saqlab qola olmaydi. Bino- barin, rentabellikni ta ’m inlash uchun operatsion m arketing strategik fikrlashga asoslangan bo‘lishi kerak, u esa, o ‘z navbati da, bozordagi ehtiyojga va uning kutilayotgan evolutsiyasiga taya- nadi. 1.2.2. Strategik marketing Strategik marketing — bu, avvalo, jism oniy shaxslar va tashkilotlar ehtiyojlarining tahlilidir. Marketing nuqtayi nazari dan qaraganda xaridor tovarning o'ziga emas, balki shu tovar yordamida yechiladigan muammoning hal qilinishiga muhtojdir. Yechimga turli texnologiyalar yordamida erishiladi, texnologiya- larning o ‘zi esa tinimsiz o‘zgarib turadi. Strategik marketingning roli — berilgan bozorning evolutsiyasini kuzatib borish va qondirishga muhtoj ehtiyojlarni tahlil qilish asosida turli mavjud yoki kutilayotgan bozorlarni yoki ulaming segmentlarini aniq- lashdan iboratdir. Aniqlangan tovar bozorlari iqtisodiy imkoniyatlami ifodalay- di, endi ulaming jalb qiluvchanligini baholash kerak. Tovar bo- zorining jalb qiluvchanligi miqdoriy jihatdan bozor salohiyati tushunchasi bilan o ‘lchanadi, dinamik jihatdan esa p'zining mavjud bo‘lish muddati bilan yoki hayot sikli bilan xarakterlana- di. Muayyan firma uchun tovar bozorining jalb etuvchanligi uning raqobatbardoshligiga, boshqacha qilib aytganda, xaridor larning ehtiyojlarini raqiblariga qaraganda yaxshiroq qondira olish qobiliyatiga bog‘liq. Firmaning raqobatbardoshligi uning raqobatli ustunlikka ega bo'lishi yoki uning raqiblaridan ajralib turuvchi sifatlari tufayli yoxud xarajatlar bo‘yicha afzallik beruvchi yuqori ishlab chiqarish samaradorligi tufayli mavjud bo‘ladi. 1.2- rasmda strategik marketingning firmaning boshqa asosiy funksiyalariga nisbatan olingan turli bosqichlari ko‘rsatilgan. To vami bozorning o‘z-o‘ziga ,,tortayotganligi“ yoki tovarning bo zorga texnologik jihatdan „kiritilayotganligidan“ qat’iy nazar, to var o ‘zining iqtisodiy va tijorat ahamiyatini baholash maqsadida strategik marketing nazoratidan o‘tishi kerak. Tadqiqotlar va ish- lanmalar xizmatlari (ITTKI), ishlab chiqarish va strategik mar keting o‘rtasidagi muvofiqlik bu o‘rinda hal qiluvchi rol o ‘ynaydi. Tovar uchun bozor tanlash shu muvofiqlikning natijasi bo‘lib, ishlab chiqarish quwatlarini belgilash va investitsion qarorlar qabul qilish uchun zamin yaratadi va binobarin, firmaning butun moliyaviy tuzilmasining muvozanatda bo‘lishini ta ’minlashda g‘oyatda muhimdir. Shunday qilib, strategik marketingning roli firmani manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarga yo‘naltirish, ya’ni uning ,,nou-xau“ va resurslariga mos keladigan, rentabellikning o‘sish salohiyatini ta’minlovchi imkoniyatlarga yo‘naltirishdan iborat. Strategik mar keting jarayoni o ‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga egadir. Uning vazifasi firmaning missiyasini aniqlash, maqsadlarni belgilash, o'sish strategiyasini ishlab chiqish va tovar qopchig‘ining muvo- zanatlangan tuzilmasini ta ’minlashdan iboratdir. Download 5.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling