Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
- §. BOZOR IQTISODIYOTIDA VA KOMPANIYADA
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
1- §. BOZOR IQTISODIYOTIDA VA KOMPANIYADA
MARKETINGNING ROLI 1.1. Marketingning g‘oyaviy asoslari Marketing — bu ayni paytda biznes falsafasi hamda faol jara- yondir. U harakatdagi jarayon sifatida bozor iqtisodiyotining aniq faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalami hal qiladi. „Marketing41 so‘zi keng tarqalgan bo‘lsa-da, asosan, quyidagi uch jihatning birida keng ishlatiladi. Marketing — bu reklama, sotishni rag‘batlantirish va xaridorga ta ’sir k o ‘rsatish, ya’ni bosh- qacha qilib aytganda, mavjud bozorlami egallab olish uchun foy- dalaniladigan savdoning o‘ta muhim vositalari majmuasidir. M ar keting, aw alo, eng merkantilistik m a’noda, asosan, ommaviy iste’molchilar bozorida ko‘proq, yuqori texnologiyalar, moliya viy, ijtimoiy va madaniy xizmatlar kabi sektorlarda esa kamroq qo‘llaniladi. Marketing — faqatgina katta korxonalaming imkoniyatiga to ‘g‘ri keladigan bozorni tahlil qilish (sotishni bashorat qilish usullari, bozorning imitatsion modellari va tadqiqotlari kabi) vositalari majmuasi bo‘lib, ular ehtiyojlarni va talabni tahlil qi- lishga istiqbolli va ilmiy yondashuvni ishlab chiqish uchun foy dalaniladi. T an q id ch ilar bunday qim m atbaho usullarning ishonchliligi va amaliy ahamiyatini unchalik ochiq-oydin emas, deb hisoblaydilar. Marketing — bu iste’mol jamiyatining arxitektoridir, ya’ni bu sotuvchilar iste’molchilami tijorat yo‘li bilan ekspluatatsiya qila- digan bozor tizimidir. Tobora ko‘proq tovar sotish uchun mut- tasil yangi ehtiyojlarni yaratib borish lozim. Bunda xuddi ishchi- lar ish beruvchidan ajratib qo'yilgani singari, xaridorlar sotuv- chidan ajratib qo'yiladi. Bu — o‘ta soddalashtirilgan qarashlar ortida marketing kon- sepsiyasining uch jihati yotadi: fa o l jih a t (bozorga kirib borish), tahliliy jih a t (bozorlarni tushunish) va g (oyaviy jih a t (fikrlash shakli). Marketingni uning faol jihatidan tushunish, ya’ni mar- ketingga bir necha savdo usullari sifatida qarash (operatsion mar keting) tendensiyasi ko‘p uchraydi va uning tahliliy jihatiga (strategik marketing) yetarlicha baho berilmaydi. 5 Marketingga bunday qarash — marketing va reklama hamma narsaga qodir, ular bozorni qudratli kommunikatsiya usullari yordamida istalgan narsani qabul qilishga majbur qila oladi, degan mavhum fikrga asoslangandir. Bunday sotish usullari ko‘pincha xaridorlarning aniq ehtiyojlarini qondirish istagiga bog‘liq bo‘l- maydi. Asosiy e’tibor sotuvchining ehtiyojlariga, ya’ni savdoni amalga oshirishga qaratiladi. Shuning uchun marketingni strategik jihatdan ishlab chiqish va marketing strategiyasini tushunish muhim ahamiyatga ega. Marketing strategiyasi firma imkoniyatlarini bozordagi holatga muvofiqlashtirish, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning kompleks vositalarini belgilashdan iborat. Amerikalik yetuk iqtisodchi olim I. Ansoffning fikricha, strategiya deb, mohiyati jihatidan tashki- lotning o ‘z faoliyatida qaror qabul qilish jarayonida qo‘llash uchun mavjud bo‘lgan qoidalar majmuyiga aytiladi. Strategiya — birmuncha qiyin va mavhumlashtirilgan amaliy faoliyat falsafasi sifatida namoyon bo‘ladi. Strategiya aniq sharoitda va o ‘zgarishlar ta ’sirida oydinlashtirilib, oriyentirlarga aylanadi. Tegishli davr mobaynida, qisqa muddatda, tegishli sharoitdan kelib chiqqan holda qabul qilinadigan qarorlarda, tavakkalchilik siyosatida (uni xavf-xatar darajasiga ko‘ra) uslublar yig‘indisi — taktikasi tarzida ushbu strategiyani amalga oshiradi. Umumlash- tirib aytganda, marketing strategiyasi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq besh asosiy jihat — bozorni tanlash, maqsadni tanlash, mablag‘ va muddatlami tanlash, samaradorlikni nazorat qilish, muqobil strategiyani tanlashdan iboxdX. Bu holda iste’molchining ustuvorlik tamoyilini ham ко‘rib chiqsak bo‘ladi. Aslida marketing asosini, uning konsepsiyasini tashkil qiluvchi nazariya yoki g‘oya mutlaqo boshqadir. U iste’molchining ustuvorlik tamoyilidan kelib chiqadi- Download 5.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling