Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Delfi uslubini
ham kiritish 
mumkin.
Keyingi bosqich bu tovar to‘g ‘risidagi g ‘oyalarni saralash va
tanlash 
hisoblanadi. Agar g‘ oyalar to'plamini izlab topish va 
shakllantirish ularning hajmini oshirishga qaratilgan b o ‘ lsa, 
g‘ oyalami tanlashdan maqsad to‘g‘ri kelmaydigan qarorlarni aniq­
lash va ulardan voz kechishdan iborat bo‘ ladi. Bunda g'oyaning 
firma maqsadlariga, uni amalga oshirish imkoniyatlari esa korxo­
naning resurslariga mos kelishi inobatga olinadi.
Shu narsa aniqlanganki, qabul qilingan va real tovar ishlab 
chiqarishgacha yetib kelgan g‘oyalar vaqt o ‘tishi bilan kamayadi, 
ulami izlab topish va tanlash uchun sarflanuvchi xarajatlar esa 
oshib boradi (7.5-rasm). Rasmdan ko‘ rinib turibdiki, 1968- yilda
136


G ‘oyalar
soni
7.5-rasm. Yangi tovarlar haqidagi g‘oyalarni saralash 
egri chizig‘i.
yangi tovar haqidagi 58 ta g‘oyadan faqat bittasigina tovar ishlab 
chiqarish va uni bozorga olib chiqishda foydalanildi. 1981- yilda esa 
yangi tovar to‘g‘ risida 7 tagina g'oya to‘ plangan bo‘ lib, ulardan 
faqat bittasi muvaffaqiyatga erishgan.
G ‘oyalarni tanlash jarayoni ikki bosqichdan iborat:
1) g‘oyaning firma talablari va tamoyillariga mos kelishini tek- 
shirish;
2) g‘oyaning bozor sharoitlaridagi imkoniyatlarini tekshirish.
G ‘oyalarni testdan o ‘ tkazish uchun quyidagi ko‘ rsatkichlar
qo‘llanishi mumkin: bozor hajmi va salohiyati turlari va kattaligi; 
raqobatchilikdagi vaziyat; g‘ oyani tadqiq etish va tayyorlashda 
amalga oshirilishi; g‘oyani ishlab chiqarish sohasida amalga oshi­
rish imkoniyati, uning moliyaviy va marketing ta’ minoti.
Innovatsiya jarayonining mazkur bosqichida baholash uslub­
lari sifatida chek-varaqlar va baholash shkalasi q o‘llanadi. Chek- 
varaqlar tovar qanday hajmda talab qilinishi yoki umuman talab 
qilinmasligini aniqlashga imkon beradi. Chek-varaq savollariga 
javoblar batafsil beriladi, kerak bo‘ Isa, mos keluvchi tadqiqotlar 
keltiriladi. 7.3-jadvalda tovarning innovasiya jarayonida tavakka- 
lchilik omilini baholash uchun chek-varaq tuzilishi aks ettirilgan.
137


Chek-varaq tovarning innovatsiya jarayoni doirasida tavakkalchi- 
liklarning qanday turlari mavjud bo'lishini koTsatadi. Chek-va- 
raqdan foydalanish yuzaga kelish ehtimoli yuqori b o ‘lgan ta- 
vakkalchiliklarning oldini olish imkoniyatlarini oldindan baho- 
lashga ko‘maklashadi.
7.3-jadval
Innovatsiya jarayonida tavakkalchilik omillari 
chek-varag‘i tuzilishi
Maqsadli guruh va tavakkalchilik muammolari
Korxona tavakkalchiligi
Bozor tavakkalchiligi
Texnologik tavakkalchilik
Ishlab chiqish tavakkalchiligi
Xarajatlar tavakkalchiligi
Sotuv tavakkalchiligi
Kooperatsiya tavakkalchiligi
Tejamkorlik tavakkalchiligi
Qaror qabul qilish tavakkalchiligi
Hisoblash tavakkalchiligi
Qoldiq tavakkalchiligi

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling