Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Gorizontal diversifikatsiya
mavjud tovarlarga ishlab chiqarish, 
texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga ko‘ ra juda yaqin b o ‘lgan 
tovar ishlab chiqarishni, mavjud xomashyo va materiallar, kor­
xona personali, bozordagi aloqa kanallaridan foydalanish mum- 
kinligini anglatadi.
Vertikal diversifikatsiya
ishlab chiqarilayotgan tovarlarni sotish 
yo‘nalishida hamda firma hozirgi paytda ishlab chiqarayotgan to­
varlarning tarkibiy qismi bo‘lgan xomashyo va ishlab chiqarish
7.2- rasm. ,,Tovar-bozor“ matritsasi strategiyalari yordamida 
strategik ,,luk“lami o‘zlashtirish.
130


vositalarini sotish yo‘nalishida tovar dasturini chuqurlashtirishni 
anglatadi. Masalan, go‘sht mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan 
do‘kon qoramol boqish va seleksiyachilikni qo‘ llab-quwatlaydi; 
kompyuter ishlab chiqaruvchi firma televizion priyomniklar 
uchun sun’iy y o ‘ ldosh antennalari ishlab chiqarishni y o ‘ lga 
q o‘yadi.
Markazlashtirilgan diversifikatsiya
korxona uchun mutlaqo 
yangi b o ‘lgan hamda firma hozirgi paytda ishlab chiqarayotgan 
mahsulotga hech qanday texnik va tijorat aloqasi bo‘lmagan yangi 
tovarlar ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Masalan, avtomobil 
korxonasini maishiy elektr uskunalari ishlab chiqaruvchi yirik 
korxona egasi sotib oladi; yirik p o‘lat quyish korxonasini kom­
pyuter texnikasi ishlab chiqaruvchi zavod sotib oladi.
Amaliyotda diversifikatsiya mahsulotni rivojlantirishdan tash­
qari, litsenziyalar, korxonalami sotib olish, kooperatsiya (masa­
lan, q o‘shma korxonalar tuzish) yordamida amalga oshiriladi 
(7.3- rasm).
Biroq ko‘pincha, mutlaqo yangi tovar ishlab chiqilayotganda 
diversifikatsiyaning tovami rivojlantirish, ishlab chiqish kabi 
usuli foydalanish mumkin b o ‘lgan yagona usul hisoblanadi. Bu 
raqobatchilar oldida ustunlikka erishish yoki ulardan ilgarilab 
ketish maqsadi qo‘yilganda maqsadga muvofiq hisoblanadi.
7.3- rasm. Diversifikatsiyani amalga oshirish usullari.
131


7.2. Yangi tovarni ishlab chiqish va 
bozorga kiritish
Yuqorida aytib o ‘tilganidek, barcha yangi tovarlaming faqat 10 
foizigina haqiqatdan ham yangi, original hisoblanadi va jahon 
miqyosida 
yangi tovarlar
deb ataladi. Bunday yangi tovarlarni 
tayyorlash, ularni ishlab chiqarishni tashkil etish va bozorga olib 
chiqish katta xarajatlar sarflashni talab qiladi hamda tavakkalchilik 
darajasi yuqori bo'ladi. Bu esa kompaniyalaming yangi tovarlar 
ishlab chiqishni aksariyat hollarda mavjud tovarlarni takomillash- 
tirish va modiflkatsiyalash bilan bog‘lashlariga sabab 
b o ‘ ladi.
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va bozorga kiritish innovatsion 
siyosat asosida, xususan, tovar innovatsiyasi jarayonining ta- 
moyillari va usullari asosida amalga oshiriladi.
Innovatsiya jarayoni quyidagi oltita bosqichni o ‘z ichiga oladi:
1) yangi tovarlar haqidagi g‘oyalami izlab topish; 2) g‘oyalarni 
tanlash; 3) yangi tovar g ‘oyasini tijoratlashtirishni iqtisodiy
1----------
I
I
I
r ~ -
I
I
h - -
I
I
r

I
U
- -
7.4-rasm. Tovar innovatsiyasi jarayoni bosqichlari.
132


tahlil qilish; 4) tovarni ishlab chiqish; 5) tovarni bozor sharoit- 
larda test va sinovdan o ‘tkazish; 6) tovarni yangi bozorga kiritish 
(7.4- rasm).
Tovar innovatsiyasi jarayoni 

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling