Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovaming chidamliligi
- Tovaming ta’mirlanuvchanligi
Tovaming ishonchliligi
uning belgilangan faoliyat ko‘rsatish sharoitlarida belgilangan vazifalarni belgilangan hajmda bajarish xususiyati bilan tavsiflanadi. Tovarning ishonchliligi — mah- sulotning faoliyat ko‘ rsata olishini tavsiflovchi kompleks ko‘rsat- kichdir. U chidamlilik (uzoq vaqt xizmat qilish), ta’mirlashga yaroq- lilik, xavfsizlik va shu kabi bir qator ko‘ rsatkichlar bilan aniqla nadi. Tovaming chidamliligi (uzoq vaqt xizmat qilishi) — tovaming o ‘z ish qobiliyatini belgilangan foydalanish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tizimidagi chegara holatigacha saqlay olish xususiyati- dir. Chidamlilik xaridor uchun tovardan ko‘zda tutilgan muddat davomida normal foydalanishni bildiradi. Tovar chidamliligini baholashda uning nima uchun m o‘ljallanganligiga, uning jismoniy va ma’naviy yemirilish muddatlariga alohida e’tibor berish lozim. Tovaming ta’mirlanuvchanligi — tovaming buzilishi, shikast- lanishining oldini olish va bu kamchiliklarni texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yo‘li bilan bartaraf etish imkoniyatlari bilan bog‘liq g‘ oyatda muhim jarayondir. Tovarning ta’mirla nuvchanligi iste’molchining foydalanish davrida ishdan chiqqan mahsulotning ishlash qobiliyatini tiklashga sarflaydigan kelgusi (xariddan keyingi) xarajatlar darajasini aks ettiradi. Iste’molchi tovardan foydalanishda qanchalik kam xarajat qilsa, savdodan av- valgi va savdodan keyingi xizmat ko‘ rsatish darajasi qanchalik yu qori b o ‘ lsa, iste’molchi uchun tovarning ta’mirlanuvchanlik darajasi shunchalik yuqori bo‘ ladi. Tovarning q o ‘ shimcha imkoniyatlarini aniqlashi mumkin b o ‘lgan xususiyatlardan yana biri — bu tovarning xavfsizligidir. Tovarning bu xususiyati odamlar va atrof-muhit uchun xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik xususiyatini aks ettiradi. Masalan, elektr uskunalaridan foydalanishda tok urishidan himoya qilish yoki oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlaridan foydalanishda chiqitlami yo‘q qilish. Shu tariqa ishonchlilik qiymati tovardan foydalanish jarayonida tovaming kompleks tavsifnomasi sifatida tovar qo‘shimcha im- koniyatlarining muhim omili vazifasini bajaradi. Bir tomondan, u tovarning normal ishlash ehtimolini aks ettirsa, ikkinchi to mondan, iste’molchining nafaqat tovar sotib olishdagi, balki, bundan ham muhimi, ma’lum vaqt davomida tovardan foydala nishda sarflovchi xarajatlar darajasini aks ettiradi. Download 5.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling