Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

tovar liniyasi qisqa
bo'ladi. Korxona oladigan foyda miq­
dorini mahsulot assortimentini toraytirish hisobiga oshirish 
mumkin b o ‘lsa, bu holda 
tovar liniyasi uzun
deb ataladi.
Tovar liniyasini kattalashtirish tovar liniyasini uzaytirish 
yoki to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tovar liniyasini uzaytirish qoidaga ko‘ ra korxona yangi bozor 
segmentlarini izlayotgan yoki raqobatchilik kurashida ahvolni o ‘z 
foydasiga o ‘zgartirishga intilayotgan paytda amalga oshiriladi. Bunga 
korxona tomonidan hozirgi paytda hali biron marta ishlab chiqa- 
rilmagan mahsulot chiqarishni yo‘ lga qo‘yish tufayli erishiladi. 
Tovar liniyasini uzaytirish „pastga qarab“ (sodda va arzonroq to­
var ishlab chiqarish), „yuqoriga qarab“ (murakkab va qimmat 
mahsulot ishlab chiqarish) yoki bir vaqtning o ‘zida ikkala yo‘na- 
lishda amalga oshirilishi mumkin. Tovar liniyasini to‘ldirish ishlab 
chiqarish quwatlaridan yanada to‘laroq foydalanish va bozorga 
chiqariluvchi tovarlar turini ko‘paytirish uchun qo‘llanadi. T o­
var liniyasini bu tarzda kattalashtirish mazkur liniyadagi tovar­
lar assortimentini kengaytirish hisobiga amalga oshiriladi.
Tovar nomenklaturasi 
yoki tovar miksi firmaning barcha to­
varlari yig‘ indisi sifatida kenglik, uzunlik, chuqurlik va ke- 
lishilganlik bilan tavsiflanadi. Tovar nomenklaturasi kengligi kor- 
xonaning tovar liniyalari soni bilan, uzunligi — firma ishlab 
chiqarayotgan muayyan tovarlarning umumiy soni bilan, chu- 
qurligi — ma’lum bir tovar liniyasining har bir tovar variantlari 
soni bilan, kelishilganlik esa turli xil liniyalarning tovarlardan 
yakuniy foydalanish nuqtayi nazaridan yaqinlik darajasi bilan 
belgilanadi.
Tovar nomenklaturasi doimo nazorat ostida bo'lishi lozim. 
Bunday nazoratni tovaming turli xil hayotiylik davrida bo‘lgan 
mahsulotlami kiritish maqsadida bu davrning har bir bosqichida 
amalga oshirish zarur. Tovar nomenklaturasini bu tarzda muvo- 
zanatlashtirish sotuv hajmini barqarorlashtirishga va muntazam 
ravishda foyda olishni ta’minlashga imkon yaratadi.
122


Firmaning tovar siyosatini samarali tarzda amalga oshirishiga 
ikkita yirik muammo to‘sqinlik qiladi. Birinchidan, firma o ‘z ishini 
mavjud tovar nomenklaturasi doirasida, tovarning hayotiylik davri 
bosqichlarini hisobga olgan holda ratsional tashkil etishi, ikkin- 
chidan, bozordan chiqarib tashlash va ishlab chiqarishdan olib 
tashlash lozim b o ‘lgan tovarlar o ‘rniga yangi tovarlarni ishlab 
chiqarish lozim.
Shu tariqa firma tovarlar assortimenti tuzilishining barqarorli- 
gi, sotuvning doimiyligi va olinuvchi foydaning barqaror b o ‘ - 
lishini ta’minlash uchun o ‘z tovar strategiyasiga ega bo‘lishi va 
uni muntazam takomillashtirib borishi zarur.
Tovar strategiyasi oldindan ishlab chiqiladi. U firmaning 
mavjud tovar miksi jozibadorligini oshirish bo‘ yicha uch xil stra­
tegik yo‘nalishni o ‘z ichiga olishi mumkin (7.1- rasm):
7.1- rasm. Firmaning tovar strategiyalari.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling