Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

123


tovar innovatsiyasi;
tovar variatsiyasi;
tovar eliminatsiyasi.
Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarlarni tayyorlash va 
joriy qilish dasturini aniqlab beradi. Biroq „yangi tovar“ atamasi 
turlicha talqin qilinadi hamda mavjud tovarlarni takomillashtirish 
yoki yangilash uchun ham, iste’molchilarga birinchi bor taqdim 
etiluvchi mutlaqo yangi iste’mol mahsulotlarini tavsiflash uchun 
ham qo‘ llanadi. Innovatsiyaning ahamiyati va vazifalarini to‘g‘ri 
baholash zarur, chunki bunga tovarni joriy qilishga doir tahlika- 
larni baholash bog‘liq b o ‘ ladi.
Nazariya va amaliyotda innovatsiya „yangilik kiritish“ va „yangi- 
lik“ tushunchalarining sinonimi hisoblanadi. U yangi mahsulot­
lar va xizmatlar, ulami ishlab chiqarish va sotish usuli, tashkiliy
moliyaviy, ilmiy-tadqiqot, marketing va boshqa faoliyat sohala- 
ridagi yangiliklar yordamida ifodalanishi mumkin. Innovatsiya- 
laming firma uchun yangiligi; bozor va iste’molchi uchun yangi- 
ligi (innovatsiyalaming jadalligi) darajasi; innovasiyalar paydo 
b o ‘lishi bilan bog'liq g‘oyalar (texnologik yoki marketing) xa- 
rakteri b o ‘yicha tasniflanadi. Masalan, firma uchun yangilik dara­
jasi jahon miqyosidagi yangi tovarlar bo‘yicha va firma uchun 
yangi tovarlar b o ‘yicha farqlanadi. Aniqlanishicha, kiritilgan yan- 
giliklarning kichik (10%) qismi jahon miqyosida yangi tovar 
hisoblansa, innovatsiyalaming katta (70%) qismi mavjud tovar­
lar gammasini yangilash, kengaytirish va o'zgartirish bilan bog‘ -
liq b o ‘ladi:
%
Jahon miqyosida yangi tovarlar............................................ 10
Firma uchun yangi tovarlar................................................... 20
Mavjud tovarlar majmuasini kengaytirish.......................... 26
Yangilangan tovarlar..............................................................26
Tovarning joylashuvini o ‘zgartirish..................................... 7
Xarajatlami qisqartirish (ishlab chiqarish innovatsiyasi) ..11
Jam i........................................................................................ 100
Tovar innovatsiyasini mavjud mahsulotga oid yangi g‘oyalar 
olish, shuningdek, yangi mahsulot ishlab chiqish va bozorga olib 
chiqish jarayoni sifatida tushunish lozim.
Tovar innovatsiyasi korxonaning barqaror va mustahkam 
faoliyatining asosi hisoblanadi. Tovar assortimentini uzluksiz
124


yangilab turish zarurati atrof-muhitning ichki va tashqi omillari 
bilan asoslanadi:
ichki omillar —
ishonchli faoliyat yuritish, xarajatlami ka- 
maytirish, xatami taqsimlash, ishlab chiqarish quwatlarini to‘ - 
liq ishlatish, xodimlami ish bilan ta’minlash zarurati;

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling