Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

127


Tovar dizayni
korxona yoki tashkilotning tovar va xizmatlari 
differensiatsiyasining istiqbolli usuli hisoblanadi. U tovarning 
tashqi ko'rinishi va xaridoming muayyan ehtiyojlarini qondirishga 
qaratilgan vazifalarini tavsiflaydi. Shuni e ’tiborga olish kerakki, 
tovar dizayni tovarni sotuvga tayyorlash bosqichida yaratilmaydi. 
U mahsulot va tovar hayotiylik davrining barcha bosqichlarida 
shakllantiriladi. Tovarni ishlab chiqish bosqichidayoq, marketing 
tadqiqotlarini amalga oshirish, tovarning vazifalarini belgilashda 
tovarning tashqi ko‘ rinishi, uning funksional, ekologik va estetik 
tavsifnomalari aniqlanadi. Shuningdek, tovarni ishlab chiqish 
bosqichida xaridoming tovarning tashqi ko‘rinishi va tbvar bajari- 
shi lozim b o ‘lgan vazifalarga talabi hisobga olinadi. Yaxshi dizayn 
tovarning iste’molchi uchun jozibadorligini ta’minlaydi, savdo 
hajmi va firma obro‘sining o'sishiga, shuningdek, tovarni ishlab chi­
qarish va taqsimlashdagi xarajatlami kamaytirishga xizmat qiladi.
Masalan, Broun kompaniyasi yaxshi dizayn har doim yangi- 
cha uslubda b o ‘lishi, mahsulotning foydaliligini, uning estetikasi- 
ni oshirishi, mahsulotning mantiqiy tuzilishini aks ettirishi 
(ya ’ ni uning shakli mazmuniga mos kelishi), tajovuzkor 
bo‘lmasligi, haqqoniy boMishi, vaqt o ‘tishi bilan eskirib qolmas- 
ligi, izchil b o ‘ lishi, ekologiyaga zid b o ‘lmasligi, ixcham bo'lishi 
lozim deb hisoblaydi. Dizaynni ishlab chiqishda har bir firma di- 
zaynni shakllantirishning asosiy tamoyillaridan tashqari firma­
ning imkoniyatlari va muayyan bir tovar taklif etiladigan 
iste’molchilar iyerarxiyasini ham hisobga olishi lozim.
Amalda ko‘p hollarda tovami uning tabiiy xususiyatlari va si- 
fatlari diapazonini kengaytirish hisobiga differensiyalash ham 
uchrab turadi. Bunday hollarda xizmatlar differensiatsiyasidan 
foydalaniladi, ya’ ni tovarga qo‘shimcha ko‘rsatiluvchi xizmatlar 
soni oshiriladi va sifati yaxshilanadi. Xizmatlar differensiatsiyasi­
ning darajasini aniqlashga imkon beruvchi asosiy ko‘ rsatkichlar 
sifatida buyurtmani rasmiylashtirish, tovarni yetkazib berish va 
o ‘rnatishning soddaligi (oson), xaridor va iste’ molchilami o ‘r- 
gatish va ularga maslahat berish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni 
ko'rsatishimiz mumkin.
Firmaning raqobatchilik ustunligini yaratish va bozorda to- 
vaming jozibadorligini shakllantirishning ко‘rib chiqilgan usul- 
laridan tashqari personalni differensiyalash, taqsimlash kanal- 
larini differensiyalash va imijni differensiyalash kabi usullar ham 
mavjud.
128



Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling