Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Xususiy marka
bu savdo (ulguiji yoki chakana) korxonalari 
tomonidan ishlab chiqilgan markalardir. Ba’zida u 
vositachilar
markasi, distributerlar markasi
yoki 
diler markasi
deb ham atala- 
di. Faoliyat sohasiga ko‘ra ular quyidagilarga taqsimlanadi: indivi­
dual (aspirin); guruhli (Maggi); firma (Nestle); regional („Stepan 
Razin“ pivosi); milliy (,,Jiguli“ avtomobili); xalqaro (C oca- 
Cola). markalar.
Marka o ‘ziga xos shartli belgi bo‘ lib, uni tovar yoki xizmat 
bilan bog‘lash vositasida iste’molchiga tovarning iste’ mol tavsif- 
nomalari to‘g‘risida xabar beradi. U xaridorlami mazkur tovarni 
sotib olishda xuddi awalgidek sifatga ega bo‘Hshlariga ishontirishga 
harakat qiladi.
Marka faqat tovar nomi sifatidagina emas, balki uning bir 
nechta xususiyatlari yig‘indisi sifatida kompleks ravishda ko‘rib 
chiqilishi lozim.
144


F. Kotler markani tovar tavsifnomasi, foyda, tovaming qim- 
matliligi, undan foydalanish madaniyati (uyushqoqlik, tartibli- 
lik, samaradorlik, yuqori sifat), tovarning individualligi va foy- 
dalanuvchi turini aks ettiruvchi olti pog‘ onali simvol sifatida 
ta’ riflagan. Markaning eng barqaror xususiyatlari (qimmatlilik, 
madaniyat va individuallik) uning mohiyatini belgilab beradi.
Marketologning tovar markalarini boshqarishda qabul qilishi 
lozim b o ‘lgan qarorlar quyidagicha — tovar markasining zarurati 
haqida, tovar markasini qo‘llab-quwatlash haqida, marka stra­
tegiyasi haqida, markaning pozitsiyasini o ‘zgartirish haqida 
b o ‘lishi lozim.
Tovar markasini qo‘llashning samarasi yuqori bo'ladi, chunki 
undan foydalanish buyurtmalarning shakllanishi va tovarlarni 
yetkazib berish jarayonini yengillashtiradi; tovarning o ‘ ziga xos 
xislatlarini raqobatchilar tomonidan noqonuniy imitatsiya qilini- 
shidan huquqiy himoyalashni ta’ minlaydi; xaridorlarning bar­
qaror kontingentini jalb qilish imkoniyatini yaratadi; bozor seg- 
mentatsiyasini yengillashtiradi; korporativ imijni kuchaytiradi va 
yangi markalami joriy qilishni osonlashtiradi.
Tovar markalari, shuningdek, bozor hokimligini egallab olish 
va firmaning moliyaviy pozitsiyalarini mustahkamlash vositasi si­
fatida ham xizmat qiladi. Shu sababli, markalarni boshqarishning 
vazifalaridan biri — tovar markasini rivojlantirish, uning xatti- 
harakatlarini kengaytirish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi 
marka strategiyalari ishlab chiqiladi: tovar qatorini kengaytirish 
strategiyasi (mavjud markani yuzaga kelgan tovar nomenklatura- 
siga tarqatish); tovar markasi chegaralarini kengaytirish strate­
giyasi (mavjud markani yangi tovarlarga tarqatish); ko‘p markali- 
lik strategiyasi (bitta mahsulot liniyasi uchun ikki yoki undan or- 
tiq markani ishlab chiqish).
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, faqat ba’zi markalargina 
uzoq vaqt davomida muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Moliyaviy 
to‘siqlaming mavjudligi, shuningdek, xaridorlarni yangi kiritil- 
gan markaga ko‘niktirish zarurati yangi tovar markasini tayyor- 
lash va rivojlantirish uchun, sarflanuvchi xarajatlami qoplash 
uchun doimiy ravishda mablag‘lar qidirishni talab qiladi.
Yangi tovarning bozor ko'rsatkichlarini shakllantirish tizimida 
tovarlar o ‘rovi ham muhim element vazifasini bajaradi. Tovar- 
laming ko'pchiligi to iste’molchiga yetib borguncha transport or­
qali tashiladi va omborlarda saqlanadi. Bu holda tovarlar ularni
10 — Strategik marketing
145


yetkazib berish va iste’mol qilish qoidalariga asosan maxsus idish- 
larga joylab o ‘ raladi. Tovarning o ‘rovi ishlab chiqaruvchi yoki sav­
do tashkiloti tomonidan iste’ molchiga beriluvchi „tashrif qog‘ ozi“ 
vazifasini bajaradi.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling