Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

„Bevosita marketing

istalgan mijozdan o‘lchash mumkin
bo‘lgan javob olish yoki и bilan bitim tuzish maqsadida bir yoki
bir necha reklama vositalaridan foydalanadigan interaktiv ti-
zimdir“ .
Bu ta’rifga ko‘ ra, bevosita marketingni do'konsiz savdo, ya’ni 
vositachilarsiz marketing tizimi deb tushunmaslik kerak. Bu ma- 
salaga oydinlik kiritish uchun bevosita savdo tizimi (bevosita mar- 
ketingning o ‘ zi) bilan „bevosita aloqalar“ marketingining farqini 
ajrata olish kerak.
Bevosita savdo tizimida 
xarid uyda turib amalga oshiriladi va 
tovar uyga keltirib beriladi: firma vositachilarsiz bevosita sotuvni 
amalga oshiradi. Bunday d o‘konsiz savdo pochta orqali tarqatila- 
digan kataloglar, bevosita tarqatuv, telemarketing, elektron vo- 
sitalar orqali xaridlar va hokazolar yordamida amalga oshiri­
ladi.
Bevosita munosabatlar marketingi tizimida 
bevosita savdo shart 
emas: bu yerda vazifa doimiy munosabatda bo'lish uchun mijozlar 
bilan bevosita aloqa o ‘matishdan iborat.
Bu keyingi tizim oddiy vertikal marketing tizimlariga osonlik 
bilan qo‘shila oladi. Shuning uchun, „interaktiv marketing*4 ata- 
masi bu ikkala tizimni faqat do‘konsiz savdonigina anglatuvchi 
„bevosita marketing41 atamasiga qaraganda yaxshiroq qamrab oladi.
Interaktiv marketingning rivojlanishi bu tizimlarning ikkalas- 
ida ham oddiy texnologik rivojlanishga qaraganda chuqurroq 
o ‘zgarishlarni aks ettiradi. U kommunikatsiya munosabatlarining 
yangi turi hamda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar o ‘rtasidagi 
bu munosabatlaming o ‘ sib borayotgan individuallashtirishini aks 
ettiruvchi ayirboshlash jarayoni bilan bog‘ liq b o ‘ lib, ommaviy 
marketingning an’anaviy fikr-mulohazalarini bozor bilan, mu- 
loqot bilan almashtirishga intiladi. Interaktiv marketing oxir-oqi- 
batda shaxsiylashtirilgan marketingga tomon intiladi.
Marketing munosabatlarida foyda manbayi — bu mijoz b o ‘lib, 
tovar yoki marka emas, balki yangi mijozlarni jalb etishdir. 
0 ‘zaro manfaatli munosabatlami o ‘ matishda asosiy maqsad — 
mijozlarni kengaytirish va qo‘llab-quwatlashdan iborat.
167


Professor E. P. Golubkov 5 ta bevosita marketing shaklini 
ajratib ko‘rsatadi:
1. Pochta b o ‘yicha bevosita marketing (direkt meyl, xat, rekla- 
ma, namuna, prospekt), pochta orqali potensial mijozlarga 
j o ‘natish.
2. Katalog va marketing.
3. Telemarketing — iste’molchiga tovarni bevosita sotish uchun 
telefon tarmoqlaridan foydalanish.
4. Televizion marketing — reklamani ko‘ rsatish, televizor 
orqali bevosita marketing.
5. Elektron savdo — ikki kanal tizimi orqali bevosita marke­
ting, iste’molchini kabel yoki telefon liniyalari sotuvchini kom- 
puterlashgan kataloglar bilan bog‘laydi.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling