tarilmaydigan investitsiyalarga qaratilgan strategiyadir.
Quyidagi
shartlar ushbu strategiyani ta’minlashga qaratligandir.
• talab narx b o ‘yicha juda elastik, ustunlik segmentlari mavjud
emas, shuning uchun ham yagona strategiya —
keng doiradagi
sotib oluvchilami qondirish maqsadida yetarli darajadagi narx bi
lan butun bozorga murojaat etish;
• sotuvning katta hajmi hisobiga mahsulotning bir-birligiga ke-
tadigan past xarajatlarga erishish imkoniyatlari mavjud;
• yangi tovarga bozorga chiqqandan so‘ ng
tez orada keskin
raqobatning yuzaga kelish xavfi paydo bo‘ladi;
• qimmat tovarlar segmenti to‘yingan b o ‘ladi, u holda bozor
rivojlanishidagi yagona siyosat bu „yorib kirish“ strategiyasidir.
Savol va topshiriqlar
1. Narxning marketing strategiyasidagi rolini izohlab bering.
2. Narxga qanday omillar ta’sir etadi?
3. Raqobat narx b o ‘ yicha strategik qaror qabul qilishda qanday rol
o'ynaydi?
4. Yangi tovarlar uchun qaysi narx strategiyalaridan foydalaniladi?
5. Savdo firmasi tovarni 250 ming so‘mdan sotib oladi va o ‘rtacha har
300 tasini 300 ming so‘mdan sotadi. Agar firma bir haftaga narxni
10 foizga arzonlashtirishga rozi b o ‘lsa,
yalpi foydani saqlab qolish
uchun necha dona tovarni sotish kerak b o ‘ladi?
6. Narxga ta’sir etuvchi talab omillariga nimalar kiradi?
7. Narxga ta’sir etuvchi xarajat omillariga nimalar kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: