Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
Tashkilot reklamasi.
Tashkilot reklamasining (firma reklamasi- ning) vazifasi — ommaning turli tabaqalari orasida firmaga nisba tan ijobiy munosabatni shakllantirish yoki kuchaytirishdan ibo ratdir. Gap firmaning imijini shakllantirish, uning faoliyat turlarini tavsiflash va uning afzal tomonlari, ustunliklari, xislatlari va im- 186 koniyatlariga e’tibomi jalb qilish orqali firma va uning mijozlari o'rtasida o ‘ zaro ishonch va hamjihatlik muhitini yaratish haqida bormoqda. Bunda reklamaga boy bo'lgan, xaridorlar xilma-xil to- varlarning reklamasidan charchagan muhitda alohida kommu nikatsiya yo‘llarini topish zarurdir. Ko'rinib turibdiki, bunday reklama munosabatga asoslangan va uning samarasi faqat uzoq kelajakdagina bilinadi. Marketingning kommunikatori quyidagi masalalami hal etishi lozim: — maqsadli auditoriyani aniqlash: maqsadli auditoriyani aniq- lash bu kommunikatorning eng asosiy vazifasi hisoblanadi. Siz kirn uchun tovar ishlab chiqargan bolsangiz o ‘sha sizning maq sadli auditoriyangiz hisoblanadi. Masalan, aholining ma’ lum bir qatlami, ayollar, yoshlar, biznesmenlar va hokazo; — reklama qilishdan asosiy maqsadni aniqlash: siz turli maq- sadlarda tovaringizni reklama qilishingiz mumkin. Bu maqsadlarni quyidagi turlarga b o‘lish mumkin: a) tovar haqida ma’lumot berish. Bunda xaridorlar shunday tovar borligi, tovaming nomi, markasi haqida ma’lumotga ega boladilar; b) xaridorlarning tovar haqidagi bilimlarini oshirish. Bunda xaridor tovar haqida ma’lumotga ega b o‘lishi mumkin, lekin bu ma’lumotlar yetarli bo‘ lmasligi mumkin. 0 ‘shanda tovar haqida to‘liq ma’lumot beriladi. d) xaridorlarni tovarga b o ‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o'zgartirish. Bunda, asosan, xaridorlarning tovar haqidagi fikri va tovarga b o ‘lgan munosabati yaxshi b o‘lmagan holda foydalaniladi. Ya’ni kommunikator xaridorlar tovami yoqtirmasliklari sababini aniq- lab, reklama orqali o ‘sha kamchiliklarni bartaraf etilganligini ko‘rsatib berish kerak; e) xaridorlarni ishontirish. Buning uchun ishontiruvchi rek- lamadan foydalaniladi. Bunda sizning tovaringizni raqobatchilar tovaridan ustunliklari va uning foydaliligi ko‘ rsatiladi. Ishonti- rishning asosiy vositalaridan biri bu omma bilan aloqa hisoblanadi. t) sotish hajmini oshirish maqsadida qilinadigan reklama. Bunda tovar haqida hamma yetarli ma’lumotga ega, lekin xaridor- larga tovami eslatib turadi: — axborotni tanlash. Siz qanday maqsadda reklama qilishingiz- ni aniqlab olganingizdan keyin shunday reklama matnini tayyor- lashingiz kerakki, u maqsadli auditoriyaga o ‘z ta’sirini o ‘tkazsin. 187 Stend Kataloglami savdosi tarqatish Elektron tijorat Bevosita pochta orqali tarqatish Radio, gazeta, Telemarketing jumal Д Televideniya Download 5.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling