Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


- rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

11.1- rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni.
Shuningdek, strategik reja qabul qilingan qarorlami bu qarorlami 
hayotga tatbiq etuvchilargacha yetkazib berishi lozim. Bu vazifa 
kelajakning mavhumligi sababli murakkablashadi. Strategik rejani 
ishlab chiqish oldindan bilish mumkin bo‘lmagan o ‘zgarishlami 
,,rejalashtirish“ ni ham o ‘z ichiga oladi.
Strategik marketing rejasining maqsadi — firmaning uzoq 
muddatli taraqqiyotini ta’minlash maqsadida tanlagan strategiya­
sini aniq va izchil tavsiflab berishdir. Bu tanlov asta-sekin qaror- 
lar va harakat dasturlariga aylanishi kerak. Quyida rejaning umu­
miy tuzilishini va strategik rejalashtirishdan kutiladigan foydalami 
ко‘rib chiqamiz.
Strategik marketing rejasining umumiy tuzilishi. 
Strategik mar­
keting jarayoni oltita hal qiluvchi masala bilan bog‘liqdir. Bu savol- 
larga javob topish firmaning maqsadlari va shunga mos ravishda 
rejaning tuzilishini belgilab beradi.
Biz olib borayotgan biznes qanday ko‘rinishda (ya’ni firma
190


uchun asosiy bozor qaysi) va firmaning bu bozordagi strategik 
missiyasi qanday?
Qanday tovar bozorlari asosiy bozorni tashkil etadi va bu bo- 
zorlarda qanday pozitsiyalashni tanlash mumkin?
Tovar bozorlarining obyektiv jalb qiluvchanligi qanday va 
ular bilan bog'liq qanday imkoniyat va xatarlar bor?
Firmaning bozordagi tovarlarga nisbatan farq qiluvchi jihat- 
lari, uning kuchli va zaif tomonlari va raqobatli ustunligi nimada?
Qamrab olish va rivojlanish bo'yicha qanday strategiyani tan­
lash kerak va firma portfeli imkoniyatlariga kiruvchi tovar bozor- 
larida strategik moMjallar darajasi qanday bo'lishi lozim?
Tanlangan strategik maqsadlar qanday qilib operatsion marke­
ting majmuyiga: tovar, sotish, narx va kommunikatsiyaga ay- 
lantiriladi?
Bozor strategik tahlil qilinib, oltita hal qiluvchi savolga javob 
topilgach, yakunlovchi bosqichda tanlangan maqsadlami, ularga 
erishish vositalarini, bajarilishi kerak b o ‘lgan muayyan harakat 
dasturlarini va, nihoyat, har faoliyat yo'nalishi bo'yicha va umu- 
man firma bo'yicha dastlabki daromad va xarajatlar ro‘yxatini 
muvofiqlashtirish kerak b o‘ladi.
Aslida strategik marketing rejasi — bu moliyaviy rejadir, biroq 
u moliyaviy oqimlarning manbalari va maqsadlari haqidagi 
ma’lumotlar bilan boyitilgan bo‘ ladi. Amalda u firmaning jami 
iqtisodiy faoliyatini belgilab beradi va uning qolgan barcha 
funksiyalariga: IITTI (ilmiy izlanish va tajriba-tadqiqot ishlari)ga 
bevosita ta’sir ko‘ rsatadi.
IITTI:
— bozor ehtiyojlari yangi, yaxshilangan yoki moslashtirilgan 
tovarlarga o'tkazilishi kerak.
Moliyaviy mablag‘lar:
— marketing dasturi moliyaviy cheklashlami va resurslaming 
mavjudligini hisobga olishi lozim.
Ishlab chiqarish:
— savdo hajmlari ishlab chiqarish imkoniyatlari va yetkazib 
berish tezligi bilan cheklangan.
Xodimlar resurslari:
— rejaning bajarilishi malakali va tayyorgarlikdan o ‘tgan xo- 
dimlaming mavjud bo‘lishini ko‘zda tutadi.
Marketingni rejalashtirish jarayoni quyidagi chizmada kel- 
tirilgan.
191



Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling