kompleksi elementlari yoki marketing tadbirlari b o‘yicha) detal-
lashtirilgan tarzda aks ettirilgan ko'rsatkichlar tizimi,
marke-
tingning moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining b o‘limi.
Marketing budjetini rejalashtirish maqsadli foydaga asoslanishi
yoki foydani optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.
Marketing jarayoni
— yangi ehtiyoj va g‘oyalami izlab topish,
tanlash va ularni tovar
yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni
ishlab chiqish va bozorlarda yoki savdo-taqsimot tarmoqlariga so
tish bilan bog‘liq harakatlar va bosqichlarning tartibga solingan
majmuyi.
Marketing kommunikatsiyalari tizimi
— 1) marketing tizi
mining tashqi muhit bilan o ‘zaro aloqalari jarayonida
subyektlar
(jo‘natuvchi va qabul qiluvchi), vositalar, kanallar, to‘g‘ri (xa-
bar) va teskari (qabul qiluvchining tahriri) aloqalar majmuyi;
2) insonlar o ‘ rtasidagi o ‘zaro aloqa shakl va vositalari majmuyi.
Marketing koitsepsiyasi
— 1) bozor
munosabati sharoitlarida
faoliyat ko‘rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuri-
tish, tadbirkorlikni tashkil etish falsafasi; 2) korxonaning yaku-
niy maqsadi — daromad olish va iste’ m olchilar
ehtiyojini
qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy
vositalari, qoida va g‘oyalari tizimi. Atrofdagi aniq holatga, bozor
munosabatlari rivojlanish darajasiga qarab an’ anaviy, ishlab
chiqarish, savdo, tovar, ijtimoiy va servis konsepsiyalarini ajratib
ko‘ rsatish mumkin.
Marketing qarori
— 1) iste’molchilaming tovar va xizmatlarga
talabini
barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish
uchun zarur bo‘lgan marketing tadbiri yoki tadbirlar majmuui
variantlar ichidan tanlash; 2) firma,
tovar va xizmatlarning
raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun
marketing tizimi subyekt va obyektlariga maqsadli yo‘naltirilgan
ta’sir ko'rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: