Konglomerat diversifikatsiya
— firma assortimentini na firmada
qo‘llanayotgan texnologiyalarga, na ishlab chiqarilayotgan mah-
sulotlarga, na hozirgi bozorga hech qanday aloqasi b o ‘lmagan
mahsulotlar bilan to'ldirish.
Konsyumerizm
— iste’ m olchilar huquqi va manfaatlarini
himoya qilish b o‘yicha tashkil qilingan harakat, iste’molchilar
xavfsizligi, ularning iqtisodiy manfaatlarini muhofaza qilish, si-
fatsiz tovar ishlab chiqarish va g‘ irrom raqobatchilikka qarshi
kurash bilan bog'liq bo‘ ladi.
Konsentrik (markazlashtirilgan) diversifikatsiya
— firma as
sortimentini mavjud tovarlarga texnik va marketing nuqtayi naza-
ridan o ‘xshash b o‘lmagan mahsulotlar bilan to'ldirish.
Korporativ reklama
— aniq bir tovar markasiga emas, balki
to‘liq tovarlar assortimentiga ehtiyoj yaratuvchi reklama.
Makromuhit
— firmaning marketing muhiti tarkibiy qismi,
ijtimoiy jihatdan mikromuhitga ta’sir k o‘rsatuvchi kuchlarga
qaraganda keng ifodalanuvchi omillar, masalan, demografik,
iqtisodiy, tabiiy, texnik, siyosiy va madaniy omillar.
Maqsadli bozor
— u yoki bu mahsulotni sotish bozorini tad
qiq etish natijasida tanlangan, marketing xarajatlarining mini-
malligi bilan tavsiflanuvchi va firma faoliyati natijalarining asosiy
ulushini (qismini) ta’minlovchi bozor.
Marketing axborot tizimi (M A T )
— 1) marketing tadbirlarini
rejalashtirish, hayotga tatbiq etish va nazorat qilish maqsadida
aniq, dolzarb ma’ lumotlarni o ‘z vaqtida to‘plash, tasniflash,
tahlil qilish, baholash va undan marketing sohasida foydalanish
maqsadida tarqatish uchun mo'ljallangan metodik usullar, asbob-
uskunalar va odamlarning muntazam faoliyat ko‘ rsatuvchi o ‘zaro
aloqalar tizimi; 2) marketing sohasida qarorlami ishlab chiqish
va qabul qilish jarayonida foydalaniluvchi ma’lumotlami to‘plash,
tahlil qilish va yetkazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar
majmuyi.
Do'stlaringiz bilan baham: |