Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash 
— 1) marketing 
hujjatlarini rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuyi, mar­
keting tizimining holati va xulq-atvori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
izlab topish, kodlashtirish va saqlashni tashkil etish; 2) mar­
keting tizimining normal faoliyat ko‘ rsatishini ta’ minlovchi 
(tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, texnik, dasturiy, matematik ta’ - 
minot va boshqalar) quyi tizimlardan biri; 3) marketing ax- 
borotlari manbayi, uning asosida korxona menejmenti turli xil 
boshqaruv qarorlarini qabul qiladi; 4) ma’ lumotlarni olish, 
ishlov berish, sistemalashtirish va ularni „iste’ mol uchun tay- 
yor“ axborotga aylantirish.
Marketing tizimining samaradorligi 
— 1) marketing tizimi­
ning marketing xarajatlari belgilab qo'yilgan holda tovar va xiz­
matlarga talabni takror ishlab chiqarishni to‘ xtovsiz shakllanti­
rish jarayonini ta’minlash qobiliyati ko‘rsatkichi; 2) marketing 
tizimi faoliyatining sifat ko‘rsatkichi; 3) marketing tizimi sub- 
yektlarining resurslar ayirboshlash jarayonida o ‘ zaro aloqalari 
natijaviyligining kompleks ko‘rsatkichi.
Marketing faoliyati 
— 1) tadbirkorlik sohasida bajariladigan 
ishlar va vazifalar turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab 
chiqarish, firmaning foyda olishini ta’minlash maqsadida amalga 
oshiriluvchi marketing funksiyalari (marketing tadqiqotlari, sav­
do, narxning hosil b o ‘lishi, tovarni yetkazib berish, marketing 
razvedkasi, bertgmarketing va h. k.) bilan bog‘liq faoliyat; 3) bo­
zor iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish zanjirining barcha 
bo‘g‘inlarida marketing vositalari va falsafasini qo'llash jarayonini 
qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabni qondirish va 
foyda keltirish uchun nimani, qayerda, qancha va qanday qilib
206


ishlab chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon 
beruvchi har qanday faoliyat turi.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling