keting tarkib topuvchi jarayonlar; 2) marketing xarajatlari tuzi
lishi; 3)
marketing retsepti; tovar yoki xizmatlarni ishlab chi-
qaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish chora-tadbirlarining
majmuaviy dasturi.
Marketingni rejalashtirish
— marketing
rejasini tuzish, tovar-
lami sotish hajmining o ‘ sishi va firma foydasini maksimallashti-
rishga qaratilgan marketing strategiyasini tanlash bilan bog'liq
jarayon.
Marketingning tashkiliy tuzilmalari
— menejmentning
asosiy
tamoyillari — markazlashtirish, detsentralizatsiya va moslashuv-
chanlikni modifikatsiya qilishga asoslangan marketing xizmati
asosiy b o ‘linmalarining o ‘zaro harakatlari sxemasi turlari. Funk-
sional,
mahsulot, bozor va matritsa strukturalari va ularning
modifikasiyalarini ajratib ko‘ rsatish mumkin.
Mikromuhit
— firma marketing muhitining tarkibiy qismi,
bevosita firmaning o ‘ziga va uning mijozlarga xizmat ko‘rsatish im-
koniyatlariga munosoabatlariga taalluqli kuchlar, ya’ni ta’minot-
chilar,
marketing vositachilari, mijozlar, raqobatchilar bilan ifo-
dalanadi.
Motivatsiya
— 1) ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha qaror qabul
qilishda individuumlar harakatini faollashtirish maqsadida ular
ning motivlarini
kuchaytirish jarayoni; 2) xaridoming xarid qi
lish qarorini qabul qilish jarayonida uning faolligiga ta’ sir
ko‘rsatuvchi majburlovchi harakatlar.
Multimedia-texnologiyalar
— 1) reklama faoliyatini rejalash
tirish, tashkil etish va boshqarish jarayonida foydalaniluvchi za-
monaviy audio-, tele-, vizual va virtual va virtual kommunikatsiya
vositalari majmuyi; 2) marketingni boshqarish tizimini tashkil
etish tizimiga kiritiluvchi tovar va xizmatlarni harakatlantirish
usul va vositalari.
Narx
— 1) qiymatning pul ko‘ rinishida
aks ettirilishi, iste’
molchilar tovarga ega bo‘lish uchun toMashlari lozim bo‘lgan pul
miqdori. Firma belgilagan narx qabul qilinuvchi taklifning qiymat-
iga mos kelishi lozim; 2) marketing-majmuasi, marketing-mik-
sning samarali vositasi.
Do'stlaringiz bilan baham: