Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sirtqi ta’lim yo’nalishi mss-94 guruhi talabasining bilvosita davlat va bandlik uchun soliq fanidan tayyorlagan
Download 378.19 Kb.
|
Kurbanbaev and Kalbaev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu :QQS.
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SIRTQI TA’LIM YO’NALISHIMSS-94 GURUHI TALABASININGBILVOSITA DAVLAT VA BANDLIK UCHUN SOLIQFANIDAN TAYYORLAGANTAYYORLADI: Kurbanbaev Olloquli MUSTAQIL ISHI. Mavzu :QQS.
a. QQS nima?
Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) – umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Qo'shilgan qiymat solig'i yoki QQSni qisqacha-bu mahsulot, ish yoki xizmat qiymatiga qo'shimcha desa bo'ladi. Byudjetga soliq tovarlar va xizmatlarni sotadigan yuridik shaxs tomonidan to'lanadi, ammo aslida bu soliq xaridorlar tomonidan to'lanadi, chunki uning miqdori tovarlar va xizmatlar narxiga kiritiladi. QQS zanjirining uzilishi uchun tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotish zanjirining barcha ishtirokchilari uni to'lashlari kerak. Bu QQS miqdorini hisoblash imkoniyati tufayli oxirgi iste'molchiga soliq yukini kamaytirishga imkon beradi. b. QQS qachon tashkil topgan, O’zbekistonda qachon tadbiq etilgan? Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) – umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muo-mala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi Moris Lore (fransuzcha: Maurice Lauré) tomonidan 1954-yilda taklif qilingan, 1958-yilda Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 1992-yildan boshlab qoʻllaniladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan obyekt hisoblanadi. Sotish boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladigan aylanma sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, narxlar va tariflarni, aksiz soligʻini hisobga olgan holda belgilanadi. Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladigan aylanma mablagʻ soliq obyektining turiga qarab, oʻziga xos usulda aniqlanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab joʻnatiladigan qismining qiymati, amalga oshirilgan qurilish, taʼmirlash, ilmiy tadqiqot, konstruktorlik, texnologik, qayta taʼmirlash va boshqa shunga oʻxshash ishlar qiymati Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladi. Xizmatlar koʻrsatilganda esa transport vositalari yordamida bajarilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik haqi, infratuzilma, reklama va boshqa xizmatlar qiymati shu soliq obyekti boʻladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni Qoʻshilgan qiymat soligʻisga tortishda uning obyekti joʻnatilgan aylanmaga aksiz soligʻining qiymati qoʻshilgan holda aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Qoʻshilgan qiymat soligʻi asosan, 12,0 % li stavka boʻyicha undiriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻi kamaytirilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha toʻlovlar soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etilgan muddatdan soʻng 5 kun orasida davlat byudjetiga oʻtkaziladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashning boshqa muddatlarini ham belgilashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi. Download 378.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling