Qoʻshilgan qiymat soligʻini undirish va toʻlash tartibqoidalari Oʻzbekiston Respublikasining „Soliq kodeksi“ (65—79-moddalari) bilan tartibga solinadi.
Qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) soliqqa tortiladigan aylanmalarga ega bo'lgan soliq to'lovchilar tomonidan to'lanadi, ammo aslida bu soliq tovarlar va xizmatlar xaridorlari tomonidan to'lanadi. Maqolada sizga qo'shilgan qiymat solig'i, kim to'lashi kerak, qanday hisoblash va yana ko'p narsalar haqida ma'lumot beriladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma'lumotlar hajmiga ikki turga ajratiladi.
1.Sintetik registrlar.
2. Analitik registrlar.
Sintetik registrlar sintetik hisob ma'lumotlarini aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga bosh daftar, jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali, jurnal-orderlar va boshqalar misol bo‘ladi.
Analitik registrlar analitik hisob ma'lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llanilib, ularga «Materiallar», «Asosiy vositalar», «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar mashinalar va boshqa mulklar hisobi bo‘yicha yuritiladigan kartochkalar misol bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang‘ich hujjat ham shaklan, ham mazmunan xar tomonlama tekshirilgandan so‘ng, qayta ishlanadi. Dastlabki hujjat ma'lumotlari asosida, buxgalteriya registrlari to‘ldiriladi.
Ba'zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida ham rasmiylashtiriladi. Bunday holatlarga da'vogar yuzasidan hisoblashish, xodimdan aliment summasini ushlab qolishlar, xodimni bankdan olgan kreditlari yuzasidan ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy kuchga ega bo‘lgan sud qarorlari, bank bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomlar misol bo‘ladi.
Buxgalteriya registrlari qanday dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilmasin quyidagi talablarga rioya etish zarurdir:
- dastlabki hujjatlarni tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi:
- dastlabki hujjat hamma rekvizitlari andozaga javob berishi:
- ko‘rsatkichlar arifmetik to‘g‘ri hisoblangani:
- dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik jarayonlari iqtisodiy mazmunligi va qonuniyligi:
- tekshirib, qayta ishlangan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya registrlarini o‘z vaqidada va to‘g‘ri rasmiylashtirish:
- buxgalteriya registrlari ma'lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotni tegishli ko‘rsatmalarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqidada tuzish:
- hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa shakllarini o‘rnatilgan muddatda tegishli joylarga topshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |