Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
- rasm. Marketing strategiyasini ishlab chiqish
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
11.4- rasm. Marketing strategiyasini ishlab chiqish
metodologiyasi. 194 Strategik rejalashtirishning ahamiyatini quyidagi qo‘ shimcha jihatlar belgilab beradi: — reja qiymatlar tizimini, firma oliy rahbariyatining qarash- larini, uning kelgusidagi mo‘ ljallarini ifodalaydi, bu esa firma xo- dimlarini kerakli tomonga yo‘ naltirishga yordam beradi; — reja dastlabki vaziyatni va muhitdan kelib chiquvchi chek- lashlarni hamda uning evolutsiyasini izohlab beradi. Bu rejalash- tirilayotgan natijalarning firma rahbariyati uchun yanada tushu- narli b o ‘lishini ta’minlaydi; — reja muvofiqlashtirish vositasi b o‘lib, u maqsadlaming bir- biriga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi va ziddiyat yoki qarama- qarshiliklar yuzaga kelgan paytda obyektiv mezonlar asosida ke- lishuvga erishishni osonlashtiradi; — reja firma faoliyatini kuzatib borishni osonlashtiradi va maqsadlar va natijalar o ‘ rtasidagi tafovutlarni obyektiv talqin etishga imkon beradi; — reja firmaning kutilmagan o ‘zgarishlarga tayyorlik darajasini oshiradi, ammo buning uchun mumkin bo‘ lgan o ‘zgarishlar re jalashtirish bosqichida tahlil qilingan b o ‘lishi kerak; — reja firmani me’yorlar, budjet va grafiklarga asoslagan holda qat’iy boshqarishga imkon beradi. K o‘pincha strategik rejaga firma uchun hayotiy muhim bo‘ lgan omillarga qaratilgan „favqulodda vaziyatlar rejasi“ qo'shimcha qi- linadi. 11.2. Marketingni strategik rejalashtirish jarayonining mazmuni Bu bo‘limda biz strategik rejalashtirishning har bir bosqichini hamda strategik tavsiyalarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘ rib chiqamiz. Strategik missiyaning bayoni. Bu yerda gap eng asosiy hujjat haqida bormoqda. Bu hujjatda firma o ‘z faoliyat sohasini, o ‘z asosiy bozorini, o ‘zining iqtisodiy va noiqtisodiy ko‘rsatkichlarga nisbatan tamoyillarini belgilaydi va o ‘zining qadriyatlar tizimini e’lon qiladi. Bu hujjat firma faoliyatining ham ichki, ham tashqi tomonlari uchun teng darajada muhimdir. Firmaning o ‘zida ushbu hujjat xodimlarga firmaning maqsad- larini tushunishga va firma madaniyatini mustahkamlovchi yagona pozitsiyani ishlab chiqishga yordam beradi. 195 Tashqi sohada u firmaning yaxlit qiyofasini yaratishga imkon beradi hamda firmaning jamiyatda qanday iqtisodiy va ijtimoiy rol o ‘ynashga intilayotganligini va o ‘zining mijozlar, sotuvchilar, xiz- matchilar, aksionerlar va, umuman, jamiyat tomonidan qanday kutib olinishini izlayotganligini izohlaydi. Firma missiyasining ta’rifi quyidagi to‘rtta majburiy elementni o ‘z ichiga olishi shart: 1. Firma tarixi. 2. Faoliyat sohasini aniqlash. 3. Maqsad va cheklanishlari. 4. Asosiy strategik variantlari. Download 5.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling