Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


- rasm. Marketingni rejalashtirish jarayonining tuzillshi


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

11.2- rasm. Marketingni rejalashtirish jarayonining tuzillshi.
Strategik marketingning vazifasi firmaning barcha faoliyat tur- 
iarini uning taraqqiyoti va rentabelligini ta’ minlaydigan yo‘ na- 
lishlarga har doim yo‘ naltirish va qayta yo‘naltirib turishdan iborat. 
Uning impulslari faqat marketingga emas, balki barcha funksiya- 
larga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun uning roli an’anaviy marke­
ting boshqaruvining roliga qaraganda anchagina kengdir: u funk- 
siyalararo muvofiqlashtirishni ham o ‘z ichiga oladi.
192


Hozirgi davrning asosiy talabi bu ilmiy izlanish va tajriba-tad- 
qiqot ishlarini (IITKI) firmalar strategiyasida hal etuvchi sohaga 
aylanishi bilan belgilanadi.
Shu bilan birga, biznes strategiyasini belgilashda va IITKIni 
amalga oshirishda uning istiqboldagi natijalarini dastawal to‘liq ba- 
holash imkonining yo‘qligi (turli loyihalar ehtimoliy jihatlarining 
mavjudligi, barcha ixtiro va yangiliklar tijorat ahamiyatiga molik 
emasligi va boshqalar), strategiya albatta tasodifiy va yuqori tavakkal- 
chilik evaziga amalga oshirilishi lozimligini nazarda tutishi kerak. 
Amerikalik olimlarning fikricha, hozirgi paytdagi barcha ilmiy 
izlanishlaming faqat 10 foizigina katta tijorat g'alabasini keltiradi.
Demak, firmaning umumiy va 
IITKI 
strategiyasi o'zaro 
bog‘liq holdagi bir-birlarini to‘ ldiruvchi siyosatlarning mushtarak 
ko‘ lami ekan.
Strategik rejaning ahamiyati. 
Har qanday firmaning rahbari
hatto u rejalashtirish g‘ oyasiga qarshi b o ‘ lsa ham, hech b o ‘l- 
maganda, uch yo‘ nalishdagi istiqbollarni belgilab olishga maj- 
burdir:
11.3- rasm. Korxona va marketing strategiyasi darajasidagi 
rejalashtirish jarayoni.
13 — Strategik marketing
193


— bozor evolutsiyasiga tegishlicha moslashish yoki yangi tovar 
bozorlariga kirib borish uchun kerak bo‘lgan investitsiyalar;
— ko‘ zda tutilayotgan buyurtmalar hajmi bilan moslashtirili- 
shi kerak b o ‘ lgan ishlab chiqarish dasturi, buyurtmalar hajmi, 
o ‘ z navbatida, talabning mavsumiyligi, tovarlarni siljitish va 
hokazolarga bog‘liq bo‘ladi;
— moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun zarur b o ‘ lgan 
aylanma mablag‘lar, ular daromadlar va xarajatlaming mo'ljallari 
asosida hisoblanadi.
Savdo korxonasi va marketing strategiyasi darajasidagi re- 
jalashtirish jarayoni quyidagi chizmada berilgan.
K o‘rinib turibdiki, sanab o ‘tilgan boshqaruv vazifalarini hal 
qilish uchun ishonchli savdo istiqbollariga ega b o‘lish lozim.
Marketing strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasi quyi­
dagi chizmada berilgan.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling