Biznes rejani tayyorlash


Download 19.19 Kb.
Sana24.04.2020
Hajmi19.19 Kb.
#101107
Bog'liq
Biznes rejani tayyorlash.

Biznes rejani tayyorlash.


Biznes-reja faqat firmaning rahbari yoki mulk egasi tomonidan tayyorlanadi. Bunda tashqaridagi ishbilarmonlardan-huquqshunoslar, buxgalterlardan foydalanish mumkin.

Biznes-rejani tuzish jarayoni Sizga biznesdagi ikkita tavakkalchilik turini bilash va uni baholashga yordam beradi:


  1. ichki tavakkalchilik. Xodimlar, tovar-moddiy zaxiralar, joylashgan manzili kabilar ustidan nazorat o’rnatish mumkinligi;

  2. tashqi tovakkalchilik. Bu -iqtisodiyot, yangi qonunlar, obi-havo, ya’ni Siz o’zgartira olmaydigan narsalar.

Biznes-reja tuzish uchun unda ishtirok etuvchilardan katta bilim, ma’lumotlar, bozorni, yangi taxnologiyani va hokazolarni bilishni talab etadi. Biznes - reja tuzishda ba’zi-bir kamchiliklarni yashirib ketish hisob-kitob ishlarini chalkashtiradi, natijada korxona faoliyatini yomonlashib ketishiga sabab bo’ladi. Biznes-reja tuzishda eng avvalo yaqin va uzoq muddatdagi maqsadlarni aniqlab olish zarur.

Biznes-rejani tayyorlash quyidagi maqsadlarni taqazo etadi:


  1. Rahbarlarga korxonani to’g’ri boshqarish;

  2. Bozor iqtisodiyotida biznesni amalga oshirishga o’rgatish;

  3. Korxonaning haqiqiy faoliyatini baholash va rejaga o’zgartirishlar kiritish;

  4. Banklar, investorlar va kreditorlarni korxona faoliyatiga baho berish uchun ma’lumotlar bilan ta’minlash.

Biznes-rejani tayyorlashda juda katta ma’lumotlarga ega bo’lish lozim.


Bular quyidagilar:

-korxonaning startegik maqsadlari;

-korxonani maqsadga erishish yo’lidagi xarakati (taktikasi) yoki maqsadiga qanday qilib erishadi;

-korxona ishlayotgan sharoitni o’rganish, taxlil qilish;

-korxonani kuchli va kuchsiz tomonlarini taxlil qilish;

-mahsulot (xizmat)larga bo’lgan talabni o’sishi va pasayishini prognoz qilish;

-korxona faoliyatidan kutiladigan natijalar;

-korxona uchun zarur resurslar, ularning manba’lari;

-korxona faoliyati rejasi;

-natijalarni aniqlash;



-korxona faoliyati natijalarini nazorati.

Rejani tayrlash uchun bozorni taxlil qilish zarur. (marketing): iste’molchilarga xarakteristika berish (ularni yoshi, jinsi, daromadi, mahsulotni iste’mol qilish xajmi va boshqalarga); iste’molchilarni joylashgan eri; tovarlarga talabni o’zgarib turishi; xarid qilishi qobiliyati; mahsulot sifatidan xaridorlarni qoniqish hosil qilish; tovarni haridorlarni o’ziga jalb qila bilish; mahsulotni sotish va vaqtidagi korxonani baho siyosati; mahsulotni sotish hajmi, miqdori (darajasi), bozordagi xaridorlarni segmentlarga (tabaqalarga) bo’lib mahsulot sotishni rejalashtirish. Undan so’ng raqobatchilarni taxlil qilinadi. Buna kompaniya, firmalar bo’yicha bozor xizmati, mahsulot (xizmatlarni) xususiyatlari, ularni taqsimlash, etkazish, reklama ishlari, mahsulotni iste’molchiga etkazish bahosi, raqobatchilarni kuchli va kuchsiz tomonlari taxlil qilinadi.

Reja tuzish uchun resurslarga bo’lgan talab, kelajakda sotish mumkin bo’lgan mahsulot xajmi, xarajatlar, foyda miqdori hisoblab chiqariladi. Bu xil ishlarni bajarish jadvallarda, chizmalarda aks etdiriladi.

Asosiy iboralar va tushunchalar.




  1. Mahsulotni kritik hajmi (pirovard hajmi) - doimiy harajatlar bilan o’zgaruvchan harajatlar miqdoridan iborat,

  2. Aktiv-buxgalteriya hisobining bir qismi bo’lib, unda korxonaga tegishli barcha narsalar aks etdirilgan bo’ladi. Moddiy boyliklar, pul mablag’lari, olish kerak bo’lgan qarzlari ( ma’lum muddatlar).

  3. Passiv-harajatlarni daromaddan oshib ketgan miqdorini aks etdiruvchi buxgalteriya balansining bir qismi. To’lov balansidagi defetsit.

  4. Bank-kredit-moliya mua’ssasi bo’lib, unda korxonalarning yoki alohida shaxslarning vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’lari

  5. to’plangan bo’ladi va ularni kredit (qarz, ssuda) sifatida beriladi, mamlakatda pul harakatini tartibga soladi.

  6. Buxgalteriya hisobi - xo’jalik jarayonlarini, ularning natijalarini va pul hisobida ishlatilgan resurslarni hisob raqamlarida aks etdirish.

  7. Valyuta boyliklari- xorijiy valyutalar, qimmatbaho qog’ozlar; qimmatbaho metallar; qimmatbaho tabiiy toshlar.

  8. Valyuta rezevlari - oltinni markazlashtirilgan zaxirasi va markaziy banklardagi va mamlakatning valyuta-moliyaviy tashkilotlaridagi xorijiy valyutalar.

  9. Valyuta-mamalkat pul birligi; xorijiy davlatlarning pul belgisi; xorijiy pul berliklarida (veksel, chek va hokazo) ifoda etilgan muomaladagi va to’lovdagi hamda xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladigan kredit mablag’laridir.

  10. Diversifikatsiya- shu firma ishlab chiqaradigan maxsulot turini kengaytirish; mamlakat iqtisodiyotini rivojlantrishdagi yangi sifatli xolat.

  11. Diller-ko’pincha o’z nomidan va o’z hisobidan tovarni boshqalarga sotib yuboradigan shaxs yoki firma.

  12. Diskont-vekselni hisobga olish; tovar bahosidan chegirma (skidka).

  13. Mahsulot etkazib berish shartnomasi-shartnomaga muvofiq etkazib beruvchi kelishilgan muddatga tovarni xaridorga mulk sifatida topshirish majburiyatini

oladi, xaridor esa tovarni qabul qilish va uning uchun ma’lum miqdorda pul mablag’larini to’lash majburiyatini oladi.

  1. Mijoz-doimiy xaridor, buyurtmachi;

  2. Kontrakt - tovarga egalik qilish xuquqini sotuvchidan xaridorga o’tishini mo’ljallagan, tovar va xizmatlarni oldi-sotdi shartnomasi.

  3. Baho liberalizatsiyasi-markaziy boshqarmalar nazoratidan bo’shatilishiga yo’naltirilgan bahoni shakllantirishning davlat siyosati yoki banday nazoratni anchagina bo’shashtirilishi;

  4. Foyda-barcha korxona hisobiga tushgan pullar va minus barcha harajatlar, ya’ni foyda yoki zararlar.

  5. Asosiy kapital-er., bino va dastgohlarni o’z chiiga olgan aktivlar.

Download 19.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling