Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Reklama kanallarining rolini tanlash


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Reklama kanallarining rolini tanlash. 
Reklamaning reklama 
beruvchi va xaridor uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi awalgi 
boblarda muhokama qilib o ‘tilgan edi. Yana eslatib o ‘tamiz:
— reklama beruvchi uchun reklamadan maqsad — axborotlar- 
ni iste’molchilarga yetkazish va tovarga b o ‘lgan talabni kengayti- 
rish maqsadida ulaming moyilligiga erishishdir;
185


— 
reklama iste’molchining tovarning alohida xususiyatlarini 
aniqlashga ketadigan vaqti va mablag‘larini tejaydi.
Reklama rivojlangan sari, uning xilma-xil ko‘ rinishlardagi 
shakllari ko‘payib bormoqda, shu sababli reklama beruvchilar 
birgina axborot kanalidan foydalansa ham, ulaming ixtiyorida rek­
lama uslublarining keng assortimenti mavjuddir.
Imij reklamasi 
tovarga yo‘ naltirilgan bo'lib, uning maqsadi 
xaridoming ushbu markaga bo'lgan munosabatini shakllantirish- 
dan iboratdir. Bu holda „reklama beruvchilaming ijodiy xatti-ha- 
rakatlari nafaqat xaridoming darhol reaksiyasiga, balki keyin- 
chalik xaridga olib keluvchi ijobiy munosabatni ishlab chiqishga 
qaratilgan bo‘ ladi“ .
Bunday reklamaning samaradorligini faqat uzoq kelajakdagina 
baholash mumkin. Bu yerda munosabat tushunchasi hal qiluvchi 
rol o ‘ynaydi, shuning uchun kommunikatsiya obyekti vazifasini 
awalo tovar konsepsiyasi bajaradi.
Undovchi reklamaning 
asosiy vazifasi xaridoming munosabat- 
lariga emas, balki uning xatti-harakatlariga ta’sir qilishdan ibo­
ratdir. Reklama axboroti tovar yoki xizmatni xarid qilishga un- 
dashi kerak, shuning uchun uning samarasi qisqa muddatli 
bo‘ladi va savdoning borishi bilan baholanadi. Bunday reklama us- 
lubi tajovuzkorroq bo‘lsa-da, u ham aslida imij yaratish vazifasiga 
o ‘xshab ketadi.
Interaktiv reklama 
muayyan bir shaxsga moslashtirilgan rekla­
ma axboroti b o ‘ lib, uning maqsadi potensial xaridor bilan uning 
javobini rag‘batlantirish orqali muloqot o ‘ rnatishdir. Firma xari- 
dorning javob reaksiyasi asosida tijoriy munosabatlarni yo‘ lga 
qo‘ yishga harakat qiladi.
Reklamaning bu turi awalgi ikki reklama uslubining vazi- 
falarini o ‘zida mujassamlashga: imijni yaratish va ayni paytda 
axborotning samarasini darhol baholashga imkon beruvchi 
ma’lumot va xatti-harakatlar samarasiga erishishga intiladi. Aynan 
mana shu uslub o ‘zining awalgi boblarda tavsiflab o ‘tilgan inter­
aktiv marketingga bevosita bog‘liqligi tufayli tez rivojlanadi.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling