Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bevosita savdo tizimida
- Bevosita munosabatlar marketingi tizimida
„Bevosita marketing
— istalgan mijozdan o‘lchash mumkin bo‘lgan javob olish yoki и bilan bitim tuzish maqsadida bir yoki bir necha reklama vositalaridan foydalanadigan interaktiv ti- zimdir“ . Bu ta’rifga ko‘ ra, bevosita marketingni do'konsiz savdo, ya’ni vositachilarsiz marketing tizimi deb tushunmaslik kerak. Bu ma- salaga oydinlik kiritish uchun bevosita savdo tizimi (bevosita mar- ketingning o ‘ zi) bilan „bevosita aloqalar“ marketingining farqini ajrata olish kerak. Bevosita savdo tizimida xarid uyda turib amalga oshiriladi va tovar uyga keltirib beriladi: firma vositachilarsiz bevosita sotuvni amalga oshiradi. Bunday d o‘konsiz savdo pochta orqali tarqatila- digan kataloglar, bevosita tarqatuv, telemarketing, elektron vo- sitalar orqali xaridlar va hokazolar yordamida amalga oshiri ladi. Bevosita munosabatlar marketingi tizimida bevosita savdo shart emas: bu yerda vazifa doimiy munosabatda bo'lish uchun mijozlar bilan bevosita aloqa o ‘matishdan iborat. Bu keyingi tizim oddiy vertikal marketing tizimlariga osonlik bilan qo‘shila oladi. Shuning uchun, „interaktiv marketing*4 ata- masi bu ikkala tizimni faqat do‘konsiz savdonigina anglatuvchi „bevosita marketing41 atamasiga qaraganda yaxshiroq qamrab oladi. Interaktiv marketingning rivojlanishi bu tizimlarning ikkalas- ida ham oddiy texnologik rivojlanishga qaraganda chuqurroq o ‘zgarishlarni aks ettiradi. U kommunikatsiya munosabatlarining yangi turi hamda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar o ‘rtasidagi bu munosabatlaming o ‘ sib borayotgan individuallashtirishini aks ettiruvchi ayirboshlash jarayoni bilan bog‘ liq b o ‘ lib, ommaviy marketingning an’anaviy fikr-mulohazalarini bozor bilan, mu- loqot bilan almashtirishga intiladi. Interaktiv marketing oxir-oqi- batda shaxsiylashtirilgan marketingga tomon intiladi. Marketing munosabatlarida foyda manbayi — bu mijoz b o ‘lib, tovar yoki marka emas, balki yangi mijozlarni jalb etishdir. 0 ‘zaro manfaatli munosabatlami o ‘ matishda asosiy maqsad — mijozlarni kengaytirish va qo‘llab-quwatlashdan iborat. 167 Professor E. P. Golubkov 5 ta bevosita marketing shaklini ajratib ko‘rsatadi: 1. Pochta b o ‘yicha bevosita marketing (direkt meyl, xat, rekla- ma, namuna, prospekt), pochta orqali potensial mijozlarga j o ‘natish. 2. Katalog va marketing. 3. Telemarketing — iste’molchiga tovarni bevosita sotish uchun telefon tarmoqlaridan foydalanish. 4. Televizion marketing — reklamani ko‘ rsatish, televizor orqali bevosita marketing. 5. Elektron savdo — ikki kanal tizimi orqali bevosita marke ting, iste’molchini kabel yoki telefon liniyalari sotuvchini kom- puterlashgan kataloglar bilan bog‘laydi. Download 5.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling