Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Talab nuqtayi nazaridan narx. 
Bozor iqtisodiyotida qaysi to­
vaming sotilishi bu oxirgi qaror qilish huquqiga ega bo‘lgan sotib 
oluvchiga bog‘ liq b o ‘ladi. Shuning uchun bozom i boshqaruvchi 
firma o ‘ zining bozorga to‘g‘ ri keladigan qarorlarida narxdan kelib 
chiqishi lozim.
Egiluvchan narx strategiyasi. 
K o‘p holda firmalar turli bozor 
sharoitlarida yagona narxni qo‘ llamasdan, balki bir qator narx­
lami q o ‘llashadi. Agar mahsulot har xil sotib oluvchilarga turli 
narxlarda sotilsa, bu narxlar egiluvchan hisoblanadi. Bu hoi sotib 
oluvchilaming har xilligidan kelib chiqib, ularning narxga 
b o‘lgan munosabatlariga bog‘liq bo‘ ladi. Narxlaming egiluvchanli- 
gi mintaqalarga, sotilayotgan vaqtiga (kuz, qish, bahor, yoz) 
yoki mahsulotning segment yoki shakllariga bog‘ liq boiadi. Iqti-
171


sodiyot tili bilan aytganda, bu 
narxlar diskriminotsiyasi
deb ata- 
ladi.
Narxning bozorga qarab egiluvchanligi. 
Bu g‘ oya foydali 
bo‘lishi uchun firma qo‘ shimcha ishlab chiqarish quwatlariga ega 
bo'lishi va mahsulotni u uchun yangi b o ‘lgan segmentda xarajat- 
lami ko‘paytirmasdan sotish imkoniyati b o ‘lishi kerak. Firma im- 
koni boricha eng kichik narxni qo'ysa ham, qilingan to‘g‘ ri xara- 
jatlar qoplanishi kerak. Bunday qarashni ro‘yobga chiqarish, eks- 
port qilish, sotuvchi markasi ostida qo‘yiladigan tovarlar yoki 
mahsulotni ba’ zi turdagi aholiga, ya’ ni — talabalar, bolalar, 
qariyalarga sotish bilan bog‘ liqdir. Eng muhimi, bu holda past 
narxda sotib oluvchilar mahsulotni yuqori narxda sotib olib, aso- 
siy bozorga xalaqit berishlarini taqiqlash kerak.
Mavsumiylik egiluvchan narx. 
Mavsum boshi va oxiriga qarab 
qanday narx qo‘yilishi kerak, qaysi vaqtda narx qabul qilinadi? 
Ba’zi sotib oluvchilar mahsulotni mavsum boshida sotib olishga 
tayyor b o ‘ lib, uning narxiga ahamiyat bermaydilar; boshqalar 
b o‘lsa, qachon b o‘lsa ham sotib olishga tayyor bo‘lib, mahsulot- 
ning narxiga katta e ’tibor beradilar.
Bu holda firma mavsum boshida katta narx qo‘yib, mavsum oxi­
riga kelib narxni pasaytiradi. Shu sababdan zamonaviy mahsulot- 
larning mavsumiy narxi pasaytiriladi, ertalabki spektakllarga 
narxni pasaytirish va hokazolar qo‘llaniladi.
9.2. Xarajat, talab, raqobat nuqtayi nazaridan narxlarning 
shakllanishi
Xarajatlami tahlil qilish — bu so‘ zsiz narx strategiyasini ishlab 
chiqishga tabiiy yondashishdir. Ishlab chiqariluvchi tovarni, uni 
ishlab chiqarishga ketgan to‘g‘ri va doimiy xarajatlami qoplashni 
ta’minlash hamda foyda olishda narxning diapazonini aniqlashga 
yordam beradi.
Xarajatlar asosida hisoblangan narx „xarajatlardan kelib 
chiqqan narx“ hisoblanadi. Xarajatlar va rentabellikni qoplaydigan 
uch turdagi narxlarni ajratish mumkin.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling