Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Savol va topshiriqlar
1. Sotish kanalining funksiyalari nimalardan iborat?
2. Vertikal marketing tizimi deganda nimani tushunasiz va uning qan- 
day turlari mavjud?
3. Bozorni qamrab olish strategiyasining mazmunini tushuntirib b e- 
ring.
4. Eksklyuziv sotish tizimi deganda nimani tushunasiz?
5. Franshiza nima va uning qanday turlarini bilasiz?
6. Sizga basseynlardagi suvni tozalash uchun kimyoviy reagentlami 
sotishni tashkil qilish topshirilgan. Ushbu tovarni qanday savdo 
tarmoqlari orqali o ‘tkazish mumkin?
7. Firma distribyutorga 
5 %
rag'batlantiruvchi chegirma beradi, bun- 
gacha esa distribyutorga buyurtmalar hajmining kattaligi tufayli 
7%lik chegirma berilgan. Tarif narxi 4 ming so ‘m b o ‘lsa, aw al 
7%lik, so‘ngra 5%lik chegirma uchun sotish narxini hisoblang.
8. T ovar distribyutorga q o ‘ shilgan qiym at solig'isiz 120 ming 
so‘ mdan sotiladi. Ushbu tovar uchun QQS 20,5% ni tashkil qila- 
di, distribyutorning ustamasi esa QQSsiz narxga nisbatan 30%ga 
teng. Ushbu tovaming chakana narxi qanday b o ‘ladi?
168


/ГЧ
ЯА \

9- §. NARXNI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA
П / Т Т !
STRATEGIK QARORLAR_____________________
------- v-------
9.1. Marketing strategiyasidagi narxning roli
Наг bir tovar o ‘z narxiga ega, ammo hamma firmalar ham 
o ‘z tovarini sotmoqchi bo'lgan narxni mustaqil belgilashga qodir 
b o ‘ lavermaydi. Agar tovarlar differensiyalanmagan b o‘lib, raqo- 
batchilari'soni ko‘p bo'lsa, firma bozorda salohiyatga ega b o‘l- 
maydi va bozor belgilagan narxni qabul qilishga majbur bo‘ ladi. 
Agar firma strategik marketingni rivojlantirib, shu tufayli bozorda 
ma’lum bir salohiyatga erishgan bo‘ lsa, narxni belgilash tanlan- 
gan strategiyaning muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi ahamiyatga 
ega bo‘ ladi. Yaqin paytlargacha ham narx to‘g‘risidagi qarorlar 
faqat moliyaviy yondashuv doirasida qabul qilinib kelinar edi, 
ya’ni narxlar, asosan, xarajatlar va rentabellik nuqtayi nazaridan 
belgilanar edi. Iqtisodiy turbulentligi inqirozh yillaming ahvolini 
o ‘zgartirib yubordi: yuqori inflyatsiya, xomashyo narxlarining 
o'sishi, foiz stavkalarining o ‘sishi, narxlaming nazorat qilinishi
raqobatning kuchayishi, xarid qobiUyatining pasayishi, konsyu- 
merizm — bu omillaming barchasi narx shakllanishining strategik 
rolini kuchaytirib yubordi. Narx belgilashning marketingdagi

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling