Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
. KOMMUNIKATSIYA BO‘YICHA
STRATEGIK QARORLAR 10.1. Marketingda kommunikatsiyaning roli Marketing kommunikatsiyasi deganda, biz flrmadan turli om- maga, shu jumladan mijozlar, sotuvchilar, yetkazib beruvchilar, aksionerlar, boshqaruv organlari hamda flrmaning o ‘ z xo- dimlariga m o‘ljallangan signallar majmuasini tushunamiz. Rekla- ma, shaxsiy savdo, savdoni rag‘batlantirish va jamoat bilan alo- qalar kommunikatsiyaning „kommunikatsion majmua“ deb ataluvchi asosiy vositalari hisoblanadi. 178 Reklama — bir tomonlama ommaviy kommunikatsiyaning pullik shakli b o ‘ lib, bu kommunikatsiyasi muayyan homiydan kelib chiqadi va firma faoliyatini bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quv- vatlash uchun xizmat qiladi. Shaxsiy savdo — ,,o‘lchov b o ‘yicha“ shaxsiy va ikki tomonla ma (muloqot) kommunikatsiya b o‘ lib, uning maqsadi mijozni darhol xatti-harakat qilishga undashdir va u ayni paytda firma uchun axborot manbayi hamdir. Savdoni rag‘batlantirish reklamaga va shaxsiy savdoga qo‘shim- cha b o ‘lgan hamda muayyan tovar savdosini tezlashtirish va ken- gaytirishga qaratilgan barcha vaqtinchalik va mahalliy chora-tad- birlami qamrab oladi. Jamoat bilan aloqalar tashkilot va jamoalar o ‘rtasida maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar orqali ruhiy hamjihatlik va o ‘zaro ishonch muhitini yaratishga qaratilgandir. Bu yerda kommunika- tsiyalaming maqsadi faqat savdoni tashkil qilish emas, balki firma faoliyatini ma’naviy qo‘llab-quwatlashdir. Bu an’anaviy vositalarga qo‘ shimcha ravishda yarmarkalar, sa- lonlar, ko‘rgazmalar, pochta orqali tarqatish, telemarketing va kataloglar b o ‘yicha savdo qilishi kabi bevosita kommunikatsiya vositalarini ham aytib o ‘tish joizdir. Turli xil kanallar bir-birini to‘ldiradi, shu sababli bu yerda muammo savdoni rag‘batlantirishga murojaat qilishning zarurligi- da emas, balki umumiy kommunikatsiya budjetini tovarning xu- susiyatlari va qo'yilgan kommunikatsiya vazifalaridan kelib chiq- qan holda turli kanallar o ‘rtasida taqsimlashdan iboratdir. Kommunikatsiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili b o‘lib hisoblanadi. Quyida marketing kommunikatsiyasining bosqichlari berilgan. Download 5.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling