Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
-rasm. Bevosita marketing uslublari
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
10.2-rasm. Bevosita marketing uslublari.
— axborotlashtirish vositalarini tanlash. Kommunikator ma’ - lumotni tayyorlagandan keyin uni qaysi kanal orqali yetkazishni aniqlashi kerak. Ma’lumot yetkazishning ikki asosiy turi farqla- nadi: shaxsiy (individual) va umumiy; — shaxsiy kanalga xaridor bilan alohida suhbat o ‘tkazish, tele- fon orqali aloqa qilish, pochta orqali murojaat qilish va boshqalar kiradi; — umumiy kanalga ommaviy axborot vositalari, chora-tadbir- lar, konferensiyalar va boshqalar kiradi, 10.2- rasmda bevosida marketing uslublari ko‘rsatilgan. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari bevosita marketingning ikki yangi uslubini: bu buyurtmani elektron k o ‘ rinishda joylashtirish imkoniyati va Internet orqali oldi-sotdi bitimini amalga oshirish imkoniyatini hayotga tatbiq etdi. Buyurtmani elektron joylashtirish tizimi sotuvchini tovar zaxiralarini kamay- tirishga, xarajatlarini pasaytirishga imkon beradi. Devoriy savdo nuqtalari savdo avtomatlariga o ‘xshash muhim joylarda, supermarketlarda yoki boshqa jamoat joylarida (masa- lan, aeroportlarda) joylashtiriladi. Bunday tarzda sotiladigan to- varlarga aviachiptalar va havo y o ‘llari orqali uchish uchun sug‘urta polislari kiradi. Ayrim holatlarda devoriy savdo nuqtalari 188 faqat iste’molchilar buyurtmalarini joylashtirishga m o‘ljallanadi, tovarning o ‘zi esa kechroq uyga yetkazib beriladi. Ushbu savdo uslubining sotuvchi uchun afzalligi uni tovarlari yoki xizmatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega b o‘lgan katta sondagi iste’mol chilar bilan bog‘laydi. Iste’molchilar savdo nuqtalarining muvaf - faqiyatli joylashganidan yutadilar. 1. Kommunikatsiyaning maqsadi nimadan iborat? Ikki xil reklama muhitiga misollar keltiring. 2. Marketing kommunikatori qanday masalalami hal qiladi? 3. Kommunikativ jarayonni tushuntirib bering. 4. Marketing kommunikatsiyasining qanday bosqichlarini bilasiz? 5. 0 ‘ zingiz yaxshi bilgan iste’m ol tovarini tanlab oling. M aslou- ning matritsasi asosida reklama mutaxassislariga taklif qilish mumkin bo'lgan reklama m a’lumotlarini uch y o ‘nalishini k o‘r- satib bering. 6. Reklama vositalaridan qo‘ llanilgan holda korxona samaradorligini aniqlang. Strategik g‘oyalar — firmaning harakat dasturiga aylanishi ke rak bo‘ lib, bu dasturda strategik maqsadlar aniqlanadi va tanlan- gan rivojlanish strategiyasining amalga oshirilishini ta’minlovchi vositalar belgilanadi. Firmaning yaqin kelajakdagi muvaffaqiyati- ni, awalo, uning joriy faoliyatidagi turli yo‘ nalishlarning moli- yaviy jihatdan qay darajada muvofiqlashtirilganligini belgilaydi. Uning uzoq kelajakdagi rivojlanishi va taraqqiy etishi esa bozorda- gi o ‘zgarishlami o ‘z vaqtida oldindan ko‘ra bilish hamda o ‘z struk- turasi va tovar portfeli imkoniyatlarining tarkibini tegishli ravish- da bunga moslashtira olish qobiliyatiga bog‘liq b o ‘ ladi. Bunday strategik, faol fikrlar samarali b o ‘ lishi uchun ular izchil bo‘lishi va „kelajakni tashkil qilish“ ga, ya’ni kutilayotgan natijalarga olib keladigan harakatlarga tayyorlanishga qaratilgan bo‘lishi lozim. 189 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling