Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Savdo xodimlarining maqsad va vazifalari
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
Savdo xodimlarining maqsad va vazifalari.
Shaxsiy muloqot strategiyasini ishlab chiqish eng awal firmaning marketing stra tegiyasini amalga oshirishda savdo xodimi o ‘ynaydigan rolni belgi- lab olishni talab qiladi. Buning uchun firma har bir tovar bozo- rida o ‘z mijozlari bilan o ‘rnatmoqchi bo‘lgan aloqa xarakterini aniqlab olish kerak. Savdo xodimining tipik vazifalarini uch yo‘ nalish b o ‘yicha guruhlash mumkin: — savdo qilish, shu jumladan, salohiyatli mijozlarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini o ‘ rganish, sotish sharoitlarini muhokama qilish va bitim tuzish; — mijozlarga xizmatlar ko‘ rsatish, shu jumladan, tovardan foydalanishda yordam ko‘rsatish, xariddan keyingi xizmat ko‘r- satish, tovami siljitish va boshqalar; 183 — firma uchun ehtiyojlarning o ‘zgarishi, raqobatchilarning faolligi, tovarlarning moslashuvi haqida axborot to‘plash. Shunday qilib, savdo xodimi faqat firmaning tijoriy organi emas, balki uning marketing axboroti tizimidagi muhim element hamdir. Aytib o ‘tilgan u yoki bu funksiyalarga berilayotgan e’tiborga bog'liq ravishda, „savdo xodimi“ va „savdo agenti“ atamalariga amalda turlicha ma’no berilishi mumkin. Savdo xodimlarining quyidagicha turlarini ko‘ rsatib o ‘tish mumkin: — asosiy vazifasi tovarni jismoniy yetkazib berish b o ‘lgan yetkazib berish bo‘yicha vakil; — sotish hududida faoliyat ko‘rsatuvchi, buyurtmalami qabul qiluvchi va undan tashqari, ayniqsa, yirik do‘konlarda mijozga maslahatchi b o ‘lishi mumkin bo'lgan sotuvchi; — buyurtmalar qabul qilish va tovarlarning uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida ulguiji va chakana sotuvchilar bilan uchrashib turuvchi sayyor vakil; — savdoni rag‘batlantirish bo'yicha vakil: u reklama va reklama tadbirlarini bevosita savdo shoxobchasining o ‘zida tashkil qiladi; — tijorat targ‘ibotchisi: u buyurtmalami qabul qilmaydi, faqat yangi tovarlar haqida, ayniqsa, tibbiyot sohasidagi yangi tovar lar haqida axborot beradi; — texnik jihatdan chuqur bilimga ega bo'lgan hamda mijozga uning muammolarini hal qilishda o ‘z maslahatlari bilan yordam bera oluvchi savdolar bo'yicha injener. IBM firmasining savdolar b o ‘yicha injeneri aynan shunday ishlaydilar; — avtomobillar, maishiy elektr asboblari, ensiklopediyalar, sug‘urta polislari kabi tovarlarni sotish bilan shug‘ullanuvchi kommivoyajer, bunda ijodiy qobiliyatlar va kommunikatsiya strategiyalari muhim rol o ‘ynaydi; — murakkab loyihalar b o ‘yicha kontrakt tuzuvchi, u texnik va m oliyaviy bilim lardan tashqari muzokaralar olib borish iste’dodiga ham ega bo‘lishi kerak. Aytib o ‘tilgan barcha xodimlarning vazifalari u yoki bu dara- jada ijodiy va strategik funksiyalar bilan bog‘liqdir. Bu yerda vazifa tijorat munosabatlarini to‘g‘ri tashkil qilish hamda savdo xodim- lari, sotish tarmog‘ i va kommunikatsiya vositalari o ‘rtasida maj- buriyatlarni optimal taqsimlashdan iboratdir. Download 5.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling