Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Narxni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

9.1-rasm. Narxni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar.
169


ahamiyatini qayd etib o ‘tgan holda, xarajatlar, raqobat va talab- 
dan kelib chiqadigan narx strategiyalarini izchillik bilan tahlil qilib 
chiqamiz.
Firma miqyosida narx ikki xil rol o ‘ynaydi: bir tomondan, u 
reklamaga o ‘xshab talabni rag‘batlantirish vositasi bo‘lsa, shu bi­
lan birga, ayni paytda, u uzoq muddatli rentabellikning asosiy 
omili hamdir. Shuning uchun narx strategiyasini tanlashda xara­
jatlar va rentabellik bilan bog‘liq ichki cheklashlami ham, bo- 
zorning xarid qobiliyati va raqobatchi tovarlaming narxlari bilan 
bog‘liq tashqi cheklashlami ham hisobga olish lozim. Undan 
tashqari, narxlarga oid qarorlar tovami pozitsiyalashga oid qaror- 
lar bilan va sotish strategiyasi bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi 
kerak.
Tovarni xarid qilishning to‘Ia qiymati. 
Ilgari aytib o ‘tilganidek, 
xaridoming asl xarajatlari faqat to‘langan narx emas, balki ayir­
boshlash shartlari bilan ham belgilanadi. Bu xarajatlar egalik hu- 
quqining o'tishidagi muayyan jarayonni: to‘lov tartibi, yetkazib 
berish shartlari va muddatlari, sotishdan keyingi xizmat ko‘ r- 
satish va hokazolami to‘lig‘icha qamrab oladi. Ba’zi hollarda, ma- 
salan, agar sotuvchi boshqa mintaqada boMsa, xaridor narxlami 
taqqoslash, muzokaralar olib borish va bitimni imzolash jarayo- 
nida katta mablag'lami sarflaydi. Xuddi shunga o'xshab, agar xari- 
dorning texnik talablari muayyan ishlab chiqaruvchiga m o‘l- 
jallangan b o ‘Isa va u shu paytda yetkazib beruvchilami almashtir- 
sa, o ‘tish xarajatlari uning uchun katta bo'lishi mumkin. 0 ‘tish 
xarajatlarining asosiy manbalari quyidagilardir:
— ishlab chiqarilayotgan tovarlami yangi yetkazib beruvchi- 
ning mahsulotiga moslashtirish maqsadida yangilash xarajatlari;
— tovami iste’ mol qilish yoki undan foydalanish odatlaridagi 
o ‘zgarishlar;
— foydalanuvchilami o ‘qitish yoki qayta tayyorlash xarajat­
lari;
— yangi tovarlardan foydalanish uchun zarur b o ‘lgan yangi 
asbob-uskunalarga ajratilgan investitsiyalar;
— qayta tashkil qilish va o ‘zgarishlar bilan bog'liq ruhiy 
muammolarga ketadigan xarajatlar.
0 ‘tish xarajatlari mavjud b o ‘lganda xaridor uchun aniq qiy- 
mat tovaming sotuv narxidan bir necha baravar yuqori bo‘ladi.
Shunday qilib, xaridorning nuqtayi nazaridan qaraganda, 
narx tushunchasi nominal baho doirasidan chetga chiqib, xaridor
170


oladigan barcha foydalarni va uning barcha xarajatlarini o ‘z ichiga 
oladi. Shuning uchun xaridorning narxga sezgirlik darajasida 
monetar narx bilan bir qatorda barcha ko‘ r$atib o ‘tilgan foyda va 
xarajatlar hisobga olinishi lozim.
Narx bo‘yicha strategik qarorlarning muhimligi quyidagilardan 
iborat:
• o ‘ rnatilgan narx—talabning darajasi va sotuvning hajmini 
aniqlaydi. Juda yuqori yoki past narx tovarning muvaffaqiyatiga 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
• sotuv narxi butun ish faoliyatining rentabelligini aniqlaydi, 
faqatgina foydaning darajasini emas, balki uning sotuv hajmi 
orqali aniqlaydi. Narxning ma’lum bir darajada o ‘zgarishi renta- 
bellikka katta ta’sir ko‘ rsatishi mumkin;
• sotuv narxi umumiy qabul qilinishiga yoki markasiga ta’sir 
etadi va potensial sotib oluvchilaming ko‘ z oldida markaning imi- 
jini tashkil etuvchilardan biri hisoblanadi;
• narx markaning boshqa komponentlariga qaraganda bu raqobatli 
tovarlar va markalami taqqoslash uchun qulay asos hisoblanadi. 
Narxning ozgina o ‘zgarishi bozor orqali tezgina seziladi va bu holat 
bozoming muvozanatini buzishi mumkin. Narx bu raqobat sirlari- 
ning o ‘zaro bog‘lanishida asosiy nuqta hisoblanadi. Narx strategiyasi 
marketing strategiyasi tashkil etuvchilari bilan o ‘zaro bog‘liq bo‘Ushi 
kerak. Narxning ichida tovar pozitsiyasini mustahkamlaydigan to­
vami qadoqlash, rivojlanishi va reklama xarajatlari bo‘lishi shart.
Har bir firmaning maqsadi shuki, u o ‘zining rentabelligini 
ta’minlash va foydaning katta hajmda kelishiga qaratiladi. Bu keng 
maqsadlar turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling