Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Dielkometrik usul kapillar-g'ovak jismlar namligining o'zgarishi 
ularning dielektrik singdiruvchanligini o'zgartirib yuborishiga asoslangan. 
Quruq jismlarda dielektrik singdiruvchanlik £ = 1...6, suvniki esa £ = 81. 
Materialning namiigi o'zgarishi natijasida dielektrik singdiruvchanlikning 
o'zgarishini, odatda, qoplamlari orasiga tahlil qilinayotgan material 
joylashtirilgan kondensator sig'imining o'zgarishi bo'yicha aniqlanadi. 
Dielkometrik namlik o'lchagichning o'zgartkichi ikkita yassi plastina yoki 
ikkita konsentrik silindrlar tarzida yasalib, ularning orasi tahlil qilinayotgan 
material bilan to'ldiriladi. Geometrik o'lchamlari ma'lum kondensatorning 
sig'imini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: 
(6.58) 
bu yerda: K— kondensatorning geometrik o'lchamlari va shakliga qarab aniq-
lanadigan doimiy; e — materialning namiigi bo'yicha aniqlanadigan dielektrik 
singdiruvchanlik. 
Sig'imli o'zgartkichining yuqori chastotali tebranish konturiga ulanishi 
o'zgartkichning sig'imini va unga qarab materialning namligini o'lchash 
uchun lampada yoki yarimo'tkazgichli asboblarning rezonansli sxemalaridan 
foydalanishga imkon beradi. Sig'imli o'zgartkichlar materialning tarkibi, 
uning tuzilishi hamda elektrod bilan material o'rtasidagi kontakt qarshilikka 
kam sezgir. Chunki ko'pchilik materiallarning dielektrik singdiruvchanligi 
haroratga bog'liq bo'ladi, sanoat asboblarida haroratning o'zgarishiga 
tuzatmani avtomatik kiritish ko'zda tutiladi. Sig'imli namlik o'lchagichlarning 
210 


xatoligi 0,2.„О,5 % ni tashkil etishi mumkin. Biroq namuna olish usuli 
(kondensator qoplamlari orasini material bilan to'ldirish) o'lchash 
natijalariga ta'sir qilishi mumkin. Masalan, hatto tahlil qilinayotgan 
material zarrachalarining o'zgarishi namlik o'lchagichning ko'rsatishiga juda 
katta ta'sir qiladi. Shu sababli qattiq va sochiluvchan moddalarning 
namligini o'lchaydigan sig'imli namlik o'lchagichlar texnik o'lchashlarda 
kamroq qo'llaniladi. 
Qattiq sochiluvchan, shuningdek, tolali materiallar namligini o'lchash-
ning murakkabligi shundaki, datchik material bilan o'zaro ta'sirlashganida 
uning strukturasi, to'kilma zichligi va boshqa omillar o'zgarishi va ular 
asbob xatoligini juda ko'paytirib yuborishi mumkin. Shuning uchun 
sanoatda, asosan, kontaktsiz o'lchash usullari qo'llanilgan: o'ta yuqori 
chastotali va optik usullar. 
O'ta yuqori chastotali (O'YCH) namlik o'lchagichlarda suv va quruq 
moddaning elektr xossalari ancha (o'nlab marta) farq qilishidan 
foydalaniladi. Namlik qiymati tahlil qilinayotgan material qatlamidan 
o'tayotgan o'ta yuqori chastotali nurlanishlarning susayishiga qarab o'l-
chanadi. 
O'ta yuqori chastotali (O'YCH) usul ultraqisqa santimetrli radio-
to'lqinlar sohasida (3000... 10000 MHz) materiallarning elektr xususi-
yatlari ulardagi namlikka bog'liq ekanligiga asoslangan. O'YCH namlik 
o'lchagichlarning tuzilish sxemasi 6.53- rasmda tasvirlangan. 
Tekshirilayotgan material 3 O'YCH generator 1 dan ta'minlanuvchi 
uzatuvchi antenna 2 va qabul qiluvchi antenna 4 orasidan o'tadi. Qabul 
qiluvchi antennada O'YCH li nurlanishning zaiflashgan signalini qabul 
qiluvchi detektor 5 joylashgan. Kuchaytirgich 6 orqali kuchaytirilgan bu 
signal o'lchash asbobi 7 ga keladi. 
O'YCH li usul kontaktsiz va inersiyasiz bo'lib, mavjud elektrolitlarga 
va boshqa elektr usullarga ko'ra materialdagi namlikning notekis 
tarqalishiga unchalik sezgir emas. 
O'YCH li namlik o'lchagichlarning asosiy kamchiligi asbob shaklla-
nishining murakkabligidir. Bundan tashqari, bu asboblar nazorat qili-
nayotgan materialning doimiy zichlik darajasining yoki zichligi haqidagi 
ma'lumotni talab qiladi. 
211 


O'YCH li namlik o'lchagichlar 0... 100 % 
U keng chegarada namlikni yuqori aniqlik bilan 
o'lchashga imkon beradi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling