Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

207 


Absorbsion namlik o'lchagichning 
ishlash prinsipi (suyuqlik uchun) suv-
ning infraqizil nur sohasiga yaqin 
spektr nurlanish energiyasini yutishi-
ga asoslangan. Bunday namo'lcha-
gichning prinsipial sxemasi 6.51-
rasmda ko'rsatilgan. 
Suyuqlik kamera 2 dan o'tka-
ziladi, u yerda suyuqlik orqali manba 
1 dan nurlanish oqimi F, o'tadi. Ka-
merada energiyaning bir qismini nam 
yutganligi uchun chiqayotgan nur-
lanish oqimi F
2
ning energiyasi aralashmadagi nam qiymati qancha ko'p 
bo'lsa, shuncha kam bo'ladi. Oqim F
2
ni qabul qilgich 3 o'lchaydi. Nur-
lanish manbayi bo'lib cho'g'lanish lampasi, qabul qilgich bo'lib esa 
fotorezistor xizmat qiladi. Sanoatda ishlatiladigan nam analizatorlari aseton 
va spirtdagi nam qiymatini 0 dan 5 % gacha aniqlash uchun xizmat qiladi. 
Qattiq va sochiluvchan materiallarning namligini o'lchash. Qattiq va 
sochiluvchan materiallarning namligini o'lchash usullari shartli ravishda 
ikki guruhga bo'linadi: 1) namunadagi nam yoki quruq modda massasini 
aniqlashga imkon beradigan bevosita usullar (quritish, ekstraksion va 
kimyoviy usullar); 2) namlikni unga bog'liq parametrni o'lchash yo'li 
bilan aniqlaydigan bilvosita usullar (konduktometrik, dielkometrik, o'ta 
yuqori chastotali, optik, yadroviy magnit rezonansli, termovakuum, 
issiqlik fizikasi usullari). 
Bevosita usullar yuqori o'lchash aniqligi va uzoq davom etishi bilan 
farqlanadi (10—15 soatgacha). 
Bilvosita usullar yuqori tezlikda bajarilishi va o'lchash aniqligi ancha 
pastligi bilan xarakterlanadi. 
Texnik o'lchashlarda deyarli hamma vaqt bilvosita usullar qo'llaniladi. 
Bilvosita usullardan konduktometrik, dielkometrik (sig'imli), o'ta yuqori 
chastotali va optik usullar keng tarqalgan. 
Odatda sanoatda ishlatiladigan materiallarning ko'pchiligi kapillar-g'ovak 
moddalar bo'lib, ularda nam g'ovaklarda saqlanadi. Material yutishi 
mumkin bo'lgan nam miqdori kapillarlarning shakli, o'lchami va joy-
lashuviga, shuningdek, suvning material bilan bog'lanish jihatiga bog'liq. 
Namning material bilan turlicha bog'lanishi uning fizik tavsiflariga turlicha 
ta'sir qiladi va bu bog'lanishni aniqlash ancha qiyinchiliklarga bog'liq. 
Shuning uchun qattiq va sochiluvchan materiallarning namligini o'lchash 
qiyinchiliklar tug'diradi va darajalangan tavsiflarning yetarli bo'lmasligiga 
olib keladi. 
Kapillar-g'ovak materiallar quruq holida solishtirma qarshiligi 10
8
Om • m 
va undan yuqori bo'lgan dielektrik moddalar hisoblanadi. Kapillar-g'ovak 
208 


materiallar namlanganida solishtirma qarshiligi 10
4
Om • m bo'lgan 
o'tkazgichlarga aylanishi mumkin. 
Konduktometrik namlik o'lchagichlar qattiq va sochiluvchan materiallar 
namligini o'lchashda keng ishlatiladi. Konduktometrik usul modda namiigi 
bilan uning elektr qarshilik o'rtasidagi bog'lanishga asoslangan. 
Bu bog'lanish quyidagicha ifodalanadi: 
(6.57) 
bu yerda: R — materialning qarshiligi, Om; C— material tabiatiga bog'liq bo'lgan 
doimiy kattalik; W— materialning namiigi, %; n — tekshirilayotgan materiallarning 
strukturasi va tabiatiga bog'liq bo'lgan daraja ko'rsatkichi (turli materiallar uchun keng 
chegaralarda o'zgarib turadi). 
С doimiy ham daraja ko'rsatkichi n ham har bir material uchun 
tajriba yo'li bilan aniqlanadi. 
Qarshilikning namlikka bo'lgan darajali nisbati kapillar-g'ovak mate-
riallar namligini konduktometrik usul bilan aniqlash usulining yuqori 
sezgirligini ko'rsatadi. Lekin qarshilikning boshqa omillarga (harorat, ma-
terial tarkibi, zichlik, kimyoviy tarkib, elektrolitlar mavjudligi va bosh-
qalar) murakkab bog'liqligi namlikni avtomatik ravishda uzluksiz o'lchashda 
bu usulni yaroqsiz qilib qo'yadi. Shuning uchun konduktometrik namlik 
o'lchagichlarning ishlatilishi cheklangan. 
Konduktometrik namlik o'lchagichlarning o'zgartkichlari yassi plasti-
nalar, silindrik naychalar, roliklar va hokazo ko'rinishda ishlangan ikki 
elektroddan iborat. Konduktometrik namlik o'lchagichlarning ko'rsatishlari 
faqat tortilmalarning presslanishidagina tiklanadi, shuning uchun sochi-
luvchan materiallarga mo'ljallangan o'zgartkichlarning ko'pi elektrodlar 
orasidagi tortilmalarni presslovchi qurilmalar 
bilan ta'minlangan. 
O'lchash sxemalar orasida unumlisi ko'p-
rikii sxemalardir. Ko'prikli o'lchash sxemalari 
yuqori sezgirlikka ega bo'lib, o'rtacha va yuqori 
(5.... 25 %) namliklarni o'lchashda ishlatiladi. 
6.52-rasmda ko'prikli o'lchash sxemasiga ega 
bo'lgan avtomatik namlik o'lchagichning prin-
sipial sxemasi ko'rsatilgan. Tekshirilayotgan 
material rolik va val orasidan o'tkaziladi (rolik 
valdan izolatsiyalangan). Zanjirning asosiy 
elementi ko'prikdir, ko'prikning R

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling