Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

„Shudring nuqtasi" usuli yoki gazlarning namligini kondensatsion usul 
bo'yicha o'lchash quyidagi bog'lanishga asoslangan: 
(6.56) 
bu yerda: P
%
— „shudring nuqtasi"ning т — haroratida bug'ning elastikligi, Pa; P
t
 — 
to'yingan bug'ning t haroratdagi elastikligi, Pa. 
Shunday qilib, „shudring nuqtasi"ni va tekshirilayotgan gazning haro-
ratini bilsak, nisbiy namlikni aniqlash mumkin. „Shudring nuqtasi" usuli 
katta qulaylikka ega, chunki u namlikni gazning istalgan bosimi sharoitida 
o'lchashga imkon beradi (10... 15 mPa va undan ortiq). Bu usul bo'yicha 
namlikni o'lchash haroratni o'lchashdan iborat. Shu usulda o'lchash 
asbobining tuzilishi 6.50-rasmda ko'rsatilgan. 
Tekshirilayotgan gaz yoki havo kanal 1 orqali quvur 4 dan keladigan 
sovuq havo bilan sovitiladigan ko'zgu 2 gacha keladi. Sezgir element 
205 


ko'zgucha sirtiga kichik inersiyali 
termojuft 3 o'rnatilgan, unga millivolt-
metr 6 ulangan. Ko'zguchada shudring 
paydo boiish payti fotorele sxemasi 
bo'yicha ulangan fotoelement 8 yor-
damida qayd qilinadi va shu paytda 
kontaktlar 7 tutashib, millivoltmetr 
ulanadi hamda ko'zgucha haroratini 
o'lchaydi. Ayni bir vaqtda havo 
isitgich 5 ning elektr qizdirish ele-
menti ulanadi, bu element ko'zgucha 
qizib, ravshanlanguncha ulangan holda 
turadi. Ko'zgucha sirtidagi shudring 
batamom bugianganda isitgich uziladi 
va ko'zgucha isiydi. Shunday qilib, 
o'lchash jarayoni takrorlanib turadi. 
Bu asboblarning bir qancha turlari bor. Ular bir-biridan sezgir 
elementni sovitish, kondensatsiya paytini qayd etish, shudring paydo 
bo'lish haroratini o'lchash usullari bilan farq qiladi. Lekin deyarli barcha 
namlik o'lchagichlar murakkab tuzilishga ega bo'lib, ishlatishda katta malaka 
va e'tiborni talab qiladi. Shuning uchun bu asboblar boshqa usullarni 
qo'llab bo'lmagan hollardagina ishlatiladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling