Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Rotatsion viskozimetrlar.
Suyuq- liklar qovushqoqligini o'lchashda hamda ularning reologik xususiyatlarini o'rga- nishda rotatsion viskozimetrlardan foydalanish qulay. Bu asboblar tekshi- rilayotgan suyuqlik hosil qiluvchi qar- shilik momentlari va aylantiruvchi momentlarni o'lchashga asoslangan. Qovushqoq suyuqlikda jism aylan- ganida qovushqoqlik qarshiligi teskari 199 ta'sir etuvchi moment hosil qiladi. Agar jism doimiy tezlik bilan aylansa, bu moment suyuqlik hosil qiladigan aylantiruvchi momentga teng va dinamik qovushqoqlikka mutanosib bo'ladi: (6.50) bu yerda: M— aylantiruvchi moment, Nm; A"—asbob doimiysi; ц — dinamik qovushqoqlik, Pa • s; со — aylanuvchi jismning burchak tezligi, 1/s. Rotatsion viskozimetrlar aylanuvchi jism shakli va aylantiruvchi momentni o'lchash usuliga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Boshqa asboblarga nisbatan koaksial silindrli, aylanuvchi jism va tahlil qilinayotgan suyuqlikka cho'ktiriladigan aylanuvchi parallel diskli asboblar ko'proq ishlatiladi. 6.46- rasmda rotatsion viskozimetr turlarining prinsipial sxemalari ko'rsatilgan. Koaksial silindrli viskozimetr (6.46-rasm, a) tashqi silindri tahlil qilinayotgan suyuqlik bilan to'ldirilgan ikki silindrdan iborat. Tashqi silindr 2 o'zgarmas tezlik bilan aylanganda dvigatel 1 ta'sirida suyuqlik statsionar aylanish holatiga keladi va aylantiruvchi momentni ichki silindr 3 ga uzatadi. Bu silindrni tinch holatda saqlash uchun silindrga kattaligi teng, lekin teskari ishorali kuch momenti ta'sir qilishi kerak. Bu kuch, rasmda ko'rsatilga- nidek, kalibrlangan yuk 4 yordamida hosil qilinadi. Laminar harakatda kuch momenti bilan ko'rilayotgan suyuqlikning qovushqoqligi quyidagicha bog'langan: (6.51) bu yerda: M— kuch momenti, N-m; /—ichki silindrning uzunligi, m\ w — tashqi silindr aylanishining burchak tezligi, 1/s; R va r— tashqi va ichki silindrlarning radiasi, m. Viskozimetrlarning tashqi va ichki silindri harakatsiz bo'ladi. Tekshiriladigan suyuqlikka cho'ktiriladigan aylanuvchi jism (6.46-rasm, b) sharsimon yoki silindrik rotor 1 kabi ishlaydi. Bu rotor dvigatel 2 yordamida o'zgarmas aylanishlar chastotasi bilan aylantiriladi. Suyuqlikning rotor aylanishiga ko'rsatilgan qarshiligi maxsus qurilma 3 yordamida o'lchanadi. 200 Aylanuvchi diskli viskozimetr (6.46-rasm, d) tekshirilayotgan suyuqlikka cho'ktirilgan ikki parallel disk 2 va 3 dan iborat. Disk 2 dvigatel 1 yordamida ravon aylanadi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushqoqlik xususiyati tufayli disk 3 ga aylantiruvchi moment uzatiladi. Bu aylantiruvchi moment suyuqlik qovushqoqligiga mutanosib bo'lib, hisoblash asbobi bilan bog'langan silindrik prujina 4 yordamida muvozanatlanadi. Aylanuvchi diskli viskozimetrlardan suyuqliklarning qovushqoqligini uzluksiz o'lchashda ham foydalanish mumkin. Rotatsion viskozimetrlarning o'zgarmas koeffitsiyentlari analitik ravishda yoki etalon suyuqliklar bo'yicha tajriba yo'li bilan aniqlanadi. Rotatsion viskozimetrlarning o'lchash chegarasi 0,01... 1000 Pa s. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling