Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

3 ga so'rib olinadi va kapillar naycha 5 dan 
idish 6 ga oqib chiqadi. Suyuqlikning qo-
vushqoqligi o'zgarganda aylantiruvchi moment 
hosil bo'ladi, uning ta'sirida halqasimon 
kamera strelkasi bilan tayanch nuqta atrofida aylanishga teskari ta'sir 
etuvchi moment bilan muvozanatlashmagunga qadar buriladi. Shkala 1 
bevosita qovushqoqlik birliklarida darajalangan. Qovushqoqlikni o'lchash 
chegaralarini yuk 4 og'irligini oshirish yoki kamaytirish yo'li bilan 
o'zgartirish mumkin. Asbobning maksimal xatoligi tajriba yo'li bilan 
aniqlangan bo'lib, ±1,5 % ni tashkil qiladi, halqaning maksimal burilish 
burchagi 60°, o'lchash chegarasi esa 20 mPa • s. 
Ichi kovak halqada suyuqlik sathining o'zgarishi quyidagi aylantiruvchi 
momentni hosil qiladi: 
(6.44) 
Buning ta'sirida halqa soat strelkasi harakati yo'nalishida buriladi. Hal-
qaning burilishi teskari ta'sir etuvchi momentni yuzaga keltiradi: 
(6.45) 
Momentlar teng bo'lganida ichi kovak halqa yangi muvozanat vaziyatida 
to'xtaydi: 
(6.46) 
yoki 
bu yerda: //—suyuqlik sathi; j — suyuqlikning solishtirma og'irligi; S — halqa 
yarimqismlari o'rtasidagi to'siqning yuzi; R — halqaning o'rtacha radiusi; F— yukning 
og'irlik kuchi; b — tizimi og'irlik markazining tayanch nuqtasigacha masofasi; a — 
halqaning burilish burchagi. 
Ayni halqa uchun F, b, S, R kattaliklar o'zgarmas, shuning uchun 
(6.47) 
bu yerda: 
(6.47) tenglama asbobning statik tavsifini ifodalaydi va idishdagi suyuqlik 
sathi bir xil bo'lganida uning og'irligi halqa burilish burchagining sinusiga 
197 


mutanosib va faqat qovushqoqlikka bog'liq-
ligini bildiradi. Viskozimetr shkalasining 
notekisligini maxsus lekalo yordamida bartaraf 
etish mumkin. 
Doimiy sathli viskozimetrning ishlashi 
sathni belgilangan balandlikda saqlab turish 
prinsipiga asoslangan. O'zgaruvchan sathli 
asboblardan farqli ravishda bu yerda suyuqlik 
sarfming qat'iy bir doimiylikda bo'lishi shart 
emas. 
6.44- rasmda doimiy sathli viskozimetr-
ning sxemasi keltirilgan. Silindrik idish 1 ga 
elastik biriktiruvchi 2 yordamida, masalan, 
uchi 90° ga bukilgan kapillar 3 mahkamlangan bo'ladi. Kapillar induktorli 
datchik 5 ning qisqa tutashtirilgan chulg'ami (ekrani) 4 bilan bikr qilib 
birlashtirilgan. Datchik induktiv chulg'ami 6 bo'lgan P-simon steijendan 
iborat. 
Suyuqlik yig'gich idishdan nasos yordamida idish 1 ga uzatiladi va kapillar 
3 orqali oqib chiqadi. Kapillardan chiqadigan suyuqlikning sathi oqib 
chiqayotgan suyuqlikning sarfiga bog'liq bo'lgan reaktiv kuch hosil qiladi. Bu 
kuch kapillar 3 ning erkin uchini siljishga majbur qiladi. 
Tekshirilayotgan suyuqlikning va uning kapillardan o'tayotgan sarfi 
o'zgaradi, buning natijasida reaktiv kuch ham o'zgarib, kapillarning erkin 
uchini siljitadi. Kapillarning uchi bilan birga u bilan bikir qilib biriktirilgan 
qisqa tutashtirilgan chulg'am 5 siljiydi. 
O'zgaruvchan tok bilan ta'minlangan induktiv chulg'am 6 л-simon 
magnit o'tkazgich steijen va bu steijenning erkin uchi orasidagi tirqish orqali 
o'zgaruvchan magnit oqimi hosil qiladi. Steijen 5 ning bitta yarim qismga qisqa 
tutashtirilgan chulg'am 4 kiydirilgan, u magnit kuch chiziqlarini berkitish 
xossasiga ega bo'ladi, chunki bu halqaning siljishi natijasida steijen 5 ning 
erkin uchlari orasidagi tirqish orqali magnit oqimi o'tadigan yuza o'zgaradi. 
Natijada induktiv chulg'am 6 hosil qiladigan magnit oqimi qisqa tutashtirilgan 
chulg'amdan nariga o'tmaydi, ya'ni berkilib qoladi. Bu yerda, induktivlik 
o'zgaradi va uni ikkilamchi asbob qayd etadi. Shunday qilib, qovushqoqlik 
o'zgarganida ekran 4 bilan bikir, birikkan kapillar steijen 5 bo'ylab siljiydi, 
buning natijasida ikkilamchi asbob qayd etadigan induktivlik o'zgaradi. 
Toshkent davlat texnika universiteti professor-o'qituvchilari yaratgan bu 
viskozimetrlar o'lchash aniqligi va asbobning ishonchli ishlashini oshirishga 
imkon beradi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling