Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Tebranishli viskozimetrlar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Tebranishli viskozimetrlar. Keyingi yillarda katta o'lchash chegaraga,
yuqori sezgirlikka va aniqlikka ega bo'lgan, shuningdek, har xil sharoitlarda turli muhitlarni tahlil qiluvchi umumiy afzalliklarga ega bo'lgan tebranishli viskozimetrlar keng tarqalmoqda. Tebranishli viskozimetrlarning ishlash prinsipi nazorat qilinayotgan muhitga cho'ktirilgan sezgir element tebranishi so'nish darajasining shu muhit qovushqoqligiga bog'liqligiga asoslangan. Tuzilish jihatdan tebranishli asboblar elektromagnitli va ultratovushli bo'ladi. Elektromagnitli (past chas- totali) viskozimetrlar 1 kHz gacha va ultratovushli asboblar 10—1000 kHz chastotalarda ishlaydi. 6.47-rasmda ko'rsatilgan elektromagnit tebranishli viskozimetrning ish- lash prinsipi quyidagicha. Idish 6 dagi nazorat qilinayotgan suyuqlikka sezgir element — po'lat plastinka 3 ning bir uchi tushiriladi. Uning yuqorigi qismi maxsus qisqichli asbob 2 ga mahkamlangan. Idish 6 termostatlovchi qurilma 7 ga o'rnatiladi. Elektromagnit 1 yordamida po'lat plastinka 3 rezonans tebranishli harakatga keltiriladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovush- qoqligini o'lchashda po'lat plastinka tebranishlarining amplitudasi o'zgaradi. Bu o'zgarish elektromagnit datchiklar 5 yordamida qabul qilinadi. Datchiklarda induksiyalangan kuchlanish to'g'- rilanib, o'lchash asbobi 4 ga uzatiladi, asbob qovushqoqlik birligida darajalangan. Ular qovushqoqlikni +3 ... 5 % xatolik bilan o'lchaydi. Ultratovushli viskozimetrlar universal hisob- lanadi. Bu asboblar katta o'lchash chegarali, yuqori aniqlik, inersiyasizlik, harakatlanuvchi qismlarining yo'qligi kabi afzalliklarga ega. Lekin bu asboblar murakkab elektron qurilmalardan iborat bo'lganligi sababli ularning ishlatilishi cheklangan. Ultratovushli viskozimetrlar ultratovush- larning muhit qovushqoqligiga qarab yutilishiga asoslangan. 6.48-rasmda ultratovush tebranish- 201 larining so'nish tezligini o'lchaydigan ultrato- vushli viskozimetrning sxemasi ko'rsatilgan. Magnitostriksion materialdan yasalgan plastina 1 gilza Z ga mahkamlangan. Plastinaning pastki qismi qovushqoqligi o'lchanayotgan suyuqlikka tushirilgan. Gilzada impulslar generatori 4 dan ta'minlanadigan uyg'otish g'altagi 2 bor. G'altakka uzunligi 20 mks ga yaqin impuls yuboriladi, natijada plastinada bo'ylama tebranishlar yuz beradi. Tebranishli chastotasi, plastina geomet- riyasi orqali, so'nish amplitudasi esa suyuqlik qovushqoqligi orqali aniqlanadi. Impulsni yubo- rish bilan bir vaqtda, kuchaytirish va detektor- lash operatsiyasi kuchaytirgich 5 va detektor 6 da bajariladi, natijada trigger generatorini berkitadi. Plastinaning tebranishida teskari magnitostriksion samara tufayli, g'altakda plastinaning tebranish chastotasiga teng bo'lgan kuchlanish (EYK) hosil bo'ladi. (6.52) bu yerda: U— g'altak uchlaridagi kuchlanish; U m — kuchlanishning boshlang'ich amplitudasi; a — tebranishning suyuqlik qovushqoqligiga bog'liq bo'lgan so'nish koeffitsiyenti; т — vaqt; w — plastinaning tebranish chastotasi. Bu kuchlanish impulslar generatorini plastina tebranishlarining so'nishi tugaguncha berkitib turadi, shundan so'ng generator qayta uyg'onadi. Shunday qilib, so'nish jadalligining o'lchovi impulslar generatorining ketma-ket uyg'onishidagi vaqt oralig'i kattaligidan iborat. Suyuqlik qovushqoqligi qancha katta bo'lsa, impulslar orasidagi vaqt oralig'i shuncha kichik bo'ladi. O'lchash signali detektordan ikkilamchi asbob 7 ga keladi. Qovushqoqlik birligida darajalangan o'lchash asbobi impulslar inter- valining o'rtacha qiymatini o'lchaydi. Asbobning o'lchashdagi xatoligi ± 1 %. Ultratovushli viskozimetrlar texnologik oqimlardagi turli suyuqliklarni uzluksiz nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu viskozimetrlarning o'lchash chegarasi 0,0001...100 Pa • s. Tebranishli, ayniqsa, ultratovushli viskozimetrlarning qo'llanilish sohasi Nyuton suyuqliklari bilan cheklab qo'yiladi, bu suyuqliklarning qovush- qoqligi mexanik ta'sir jadalligiga bog'liq bo'lmaydi. Nyuton suyuqliklarida ular kamaytirib ko'rsatadi, bu holda ham ulardan faqat qovushqoqlik indikatorlari sifatidagina foydalanish mumkin. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling