Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Zoldirli viskozimetrlar. Zoldirli viskozimetrlar suyuqliklarning qovush-
qoqligini o'lchashda keng ishlatiladi. Qovushqoqlikni erkin tushuvchi jism usuli bilan o'lchash Stoks qonuniga asoslangan. Bu qonunga muvofiq erkin tushuvchi jismning suyuqlikdagi tezligi shu suyuqlik qovushqoqligi bilan bog'langan, bu bog'lanish quyidagicha ifodalanadi: 198 (6.48) bu yerda: P, va P 2 — erkin tushuvchi jism (zoldir) materialining va suyuqlikning zichliklari, kg/m 3 ; g — og'irlik kuchining tezlanishi, m/s 2 ; r — zoldirning radiusi, m; v — zoldirning bir me'yorda tushish tezligi, m/s; K— qabul qilingan o'lchovga bog'liq bo'lgan sonli doimiy koeffitsiyent. Stoks qonuni bir jinsli suyuqlikning mutlaqo sferik zoldirga nisbatan laminar harakatida ishlatilishi mumkin. (6.48) ifodadan ma'lumki, tek- shirilayotgan suyuqlikning qovushqoqligini o'lchash suyuqlikdagi zoldirning tushish tezligini yoki zoldirning belgilangan masofadan o'tish vaqtini o'l- chashdan iborat. Qovushqoqlikning zoldir tushish vaqtiga bog'liqligi quyi- dagicha ifodalanadi: (6.49) bu yerda: A 1 —asbob doimiysi, Pa; t — zoldirning belgilangan masofadan o'tish vaqti, s. Qovushqoqlikni zoldirning erkin tushish vaqti bo'yicha aniqlaydigan avtomat qurilmaning prinsipial sxemasi 6.45-rasmda ko'rsatilgan. Suyuqlik oqimi zoldir 1 ni boshlang'ich holatga shesternali nasos 2 yordamida ko'taradi. Bu shesternali nasos elektr dvigatel 3 ga ega. Zoldirni ko'tarish bilan birga nasos suyuqlikdan namuna olib, uni sinaydi. Zoldir yuqorigi cheklovchi to'rga yetgach, nasos to'xtaydi, zoldir harakatsiz muhit- da erkin pastga tushadi. Induksion g'altaklar 7 orqali zoldirning belgilangan yo'l / dan o'tish vaqti hisoblanadi. Zoldirning induksion g'altaklardan o'tishida nomuvozanatlik signallari hosil bo'ladi va bu signal elektron kuchaytirgich 6 orqali kuchaytiriladi. Shesternali nasosning avtomatik ravishda ulanishi va vaqtning hisoblanishi rele bloki 4 va o'lchash asbobi 5 yordamida bajariladi. Asbobning o'lchash chegaralari induksion g'altaklar orasidagi masofa I va zoldir diametrining o'zgarishi bilan tanlanadi. Bunday asboblarda 100 Pa • s chegaradagi suyuqlik qovush- qoqligini o'lchash mumkin. Asboblar- ning o'lchash aniqligi ±2 %. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling